O‘zbekiston: Prezident saylovi bo‘yicha matbuot kotibining bayonoti

11.07.2023 EEAS Press Team

Yevropa Ittifoqi 9 iyul yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovini e’tiborga oladi. Saylov tinch muhitda, puxta tayyorgarlikda va saylovchilarni yuqori faolligida o‘tkazildi.

Yevropa Ittifoqi YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining to‘liq huquqli xalqaro saylovlarni kuzatish missiyasini joylashtirish taklifini olqishlaydi va Missiyaning dastlabki xulosalarini, xususan, saylov “fundamental erkinliklar va saylanish huquqi cheklangan sharoitda o‘tgan"ini e’tiborga oladi,. Yevropa Ittifoqi bir qator kamchiliklar saylovchilarning ongli tanlov qilishiga to‘sqinlik qilganidan afsusda. Shuningdek, biz Missiyaning xalqaro kuzatuvchilar tomonidan ovoz berish jarayonida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilgani haqidagi dastlabki xulosasiga eʼtibor qaratamiz.

O‘zbekistonda 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yangi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumi ortidan bo‘lib o‘tgan prezident saylovi Prezident Mirziyoyev va islohotlarning ochiq qo‘llab-quvvatlanishini ko‘rsatdi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni demokratik islohotlarga qaratilgan sa’y-harakatlarini va YeXHT DIIHBning saylovni kuzatish bo‘yicha ushbu va avvalgi missiyalarining tavsiyalarini to‘liq amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining muhim va qadrli hamkori bo‘lib, biz 2024 yilda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, hamkorligimizni mustahkamlashni davom ettirishga umid qilamiz.

Nabila Massrali
Spokesperson for Foreign Affairs and Security Policy
+32 (0) 2 29 88093
+32 (0) 460 79 52 44