Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan Ko‘p yillik indikativ dasturi taqdim etildi

Joriy yilning 10-mart kuni 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqining yangi Ko‘p yillik indikativ dasturining taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Obidov, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian, shuningdek, Oʻzbekiston vazirlik va idoralari, Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Yevropa Ittifoqining xalqaro sheriklik boʻyicha Komissari Yutta Urpilaynen video-nutqlarini yoʻlladi.

Public during an online lecture in the multi-annual indicative programme (MIP) 2021-2027 for Uzbekistan

Tadbir davomida 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi dastur doirasida Yevropa Komissiyasi bilan keyingi ikki tomonlama moliyaviy va texnik hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Yevropa Ittifoqi tomonidan yangi indikativ dastur doirasida dastlabki bosqichda 2021-2024 yillarga 83 million yevro, shu jumladan birgalikda ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarga 76 million yevro va fuqarolik jamiyati va inson huquqlari boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash uchun 7 million yevro ajratilishi taʼkidlandi.

Pie chart

   Xususan, qishloq xo‘jaligini hamda “yashil oʻsish”ni qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi va raqamlashtirish samaradorligini oshirish, jumladan, sud-huquq va transport-logistika tizimlari, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, Orolboʻyi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha va tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida tomonlar hamkorlik dasturini amalga oshirish yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Speakers during the multi-annual indicative programme (MIP) 2021-2027 for Uzbekistan

Shuningdek qarang