Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda oziq-ovqat himoyasini hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga ko‘mak ko‘rsatmoqda

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston boʻylab 5,8 million dollarlik grant mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlangan agro-oziq-ovqat tadqiqot va sinov obʼyektlari boʻylab media-tur oʻtkazdi

TOSHKENT – Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda oziq-ovqat himoyasini hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda ko‘mak ko‘rsatmoqda. Ushbu tashabbuslar yirikroq ko‘mak portfelining bir qismi bo‘lib, mamlakatda ilmiy-tadqiqot institutlari va o‘simliklar karantini va himoyasini qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan. Foydali va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini ta’minlash O‘zbekiston iste’molchilari uchun ham, O‘zbekiston agrobiznesining eksport salohiyatini oshirish uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Toshkent viloyatidagi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan ikkita agro-oziq-ovqat obyektlari bo‘ylab media-tur chog‘ida jurnalistlar bilan bo‘lishildi.

Media tour

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning aqlli, ekologik toza agro-oziq-ovqat sektori va barqaror qishloq turmush sharoitini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni ikki tomonlama munosabatlarining strategik ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi. Yevropa Ittifoqi agro-oziq-ovqat sohasida eng yirik grant beruvchi hisoblanadi.

 

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda oʻzining yetakchi “Bogʻdorchilikni rivojlantirish loyihasi” doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari obʼyektlari va laboratoriyalarini rivojlantirish uchun 5,8 million dollardan ortiq mablagʻ ajratdi. Turli hududlardagi jami 10-ta institut zamonaviy jihozlar va yangi texnologiyalar transferidan foydalandi, bu esa qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalar tizimi salohiyatini sezilarli darajada oshiradi hamda fermerlar va agrobiznes uchun sinov xizmatlarini ta’minlaydi.

Media tour to agri-food research and testing facilities

“Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hukumatga oʻz xarajatlarini bosqichma-bosqich yangi strategik muhim sohalarga, jumladan, fermerlar va tadbirkorlik subʼyektlariga ilmiy-tadqiqot va qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirishda yordam berish uchun grant mablagʻlari orqali qoʻllab-quvvatlash kabi turli vositalardan foydalangan holda hamkorlik qiladi”. — dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasining agro-oziq-ovqat sektori uchun mas’ul dastur menejeri Danuta El Guff.

 

“Bu juda jiddiy sarmoya bolib, tadqiqot institutlari agrobiznesning oʻsishi va qishloqning barqaror turmushini qollab-quvvatlashda oz rolini bajarishi uchun amalga oshirilishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi El Guff.

Media tour

Fermerlar, qishloq xoʻjaligi korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va hukumat oʻrtasida koʻproq hamkorlik qilishga koʻmaklashish “Bogʻdorchilikni rivojlantirish loyihasi”ning asosiy maqsadlaridan biridir. Ushbu hamkorlik fermerlarga energiya va suvdan tejamkorlik bilan oziq-ovqat ishlab chiqarish hamda xarajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi yashil texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirishga qaratilgan. Yevropa Ittifoqining grant yordami yangi texnologiyalar va qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarni barcha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo‘jaligi sanoati uchun arzon bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Media tour to agri-food research and testing facilities

“Biz banklar, ilmiy-tadqiqot institutlari va davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlaymiz va haqiqatan ham o‘zgarishlarga olib keladigan dasturlarni ishlab chiqamiz. Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligiga e’tibor qaratayotgani sababi, bu soha O‘zbekiston iqtisodiyoti va bandligining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgani bilan bog‘liq”, — dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston agro-oziq-ovqat sektorida texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha eksperti Adrian Nil.

 

Media-tur davomida jurnalistlar ikkita makonga tashrif buyurishga taklif qilindi. Dastlabki tashrif Toshkent viloyatida joylashgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga boʻldi. Yevropa Ittifoqi ushbu ilmiy-tadqiqot institutini modernizatsiya qilish uchun 2,5 million dollardan sal kamroq moliyaviy yordam ajratdi. Ushbu koʻmak “Bogʻdorchilikni rivojlantirish loyihasi” doirasida Jahon banki va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Media tour to agri-food research and testing facilities

Loyihaning maqsadi meva-sabzavotchilik tarmoqlarining mahsuldorligi va rentabelligini oshirish, jumladan, o‘simlikchilik, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot quvvatlarini modernizatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, xalqaro mahsulot sifati standartlarini tadbiq etish.

 

Ilmiy-tadqiqot instituti Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordami bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyasida tuproq, sabzavot va mevalarning biokimyoviy tahlilini olib boradi. Yevropa Ittifoqi koʻmagi, shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari duragaylarini yaratish hamda yuqori sifatli urugʻlik materiallarini olishning zamonaviy usullari va shartlari boʻyicha hududiy laboratoriyalarning 32 nafar ishtirokchisiga qoʻshimcha treninglar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mablagʻni ham oʻz ichiga oldi. Bundan tashqari, institut xodimlariga 6 oy davomida ingliz tili o‘rgatildi.

 

“Institutimizda yangi texnologiyadan foydalangan holda, xalqaro ekspertlar tavsiyalarini qo‘llagan holda sabzavotlarni yetishtirishning yangi usullari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning mahalliy iqlimga mos yangi navlarini yetishtiryapmiz. Bu importga qaramlikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy elementidir”, deydi Faxriddin Rasulov, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, katta ekspert.

 

Media-tur doirasida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi huzurida 2021-yilda tashkil etilgan O‘simliklarni karantini va himoyasi agentligi davlat tashkilotiga ham tashrif buyurildi. Ilmiy-tadqiqot instituti singari, O‘simliklarni karantini va himoyasi agentligining laboratoriyasi “Bogʻdorchilikni rivojlantirish loyihasi” doirasida Yevropa Ittifoqidan moliyaviy yordam oldi. Bugungi kunga qadar Yevropa Ittifoqi ushbu laboratoriya sarmoyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun agentlikka 1,4 million dollar mablag‘ ajratdi.

 

Agentlikka har kuni import qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda Oʻzbekistonning oʻz mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida sinovdan oʻtkazish uchun 500 ga yaqin namunalar qabul qilinadi. Agentlik import qilinadigan mahsulotlarni Oʻzbekiston aholisi tomonidan isteʼmol qilinishidan oldin tegishli sifat sinovidan oʻtishini taʼminlaydi. Shuningdek, agentlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini xorijda sotish imkonini beruvchi maxsus sertifikat beradi.

 

Yevropa Ittifoqi mablag‘lari laboratoriyani yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng so‘nggi uskunalari bilan jihozlash, mahsulotni sinovdan o‘tkazish tezligi va ishonchliligini oshirishga yordam berdi.

 

“Yevropa Ittifoqi tomonidan taqdim etilgan laboratoriyalarning mikroskoplar, inkubatorlar, sterilizatsiya mashinalari kabi jihozlari mahsulotni sinovdan o‘tkazish sifati va tezligini oshiradi”, deya tushuntirdi Sevara Xo‘jaeva, O‘simliklarni karantini va himoyasi agentligi menejeri.

 

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston agro-oziq-ovqat sektorini strategik qo‘llab-quvvatlashi global miqyosda oziq-ovqat narxlari va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar ortib borayotgan bir paytda yangi ahamiyat kasb etdi. Yirik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisi sifatida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi amaliyotini modernizatsiya qilish mamlakatlarga agro-oziq-ovqat sektori oldida turgan global muammolarni hal qilishda qanday yordam berishi bo‘yicha namuna boʻla oladi.