Matbuot uchun bayonot

Yevropa Ittifoqi Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida yuz bergan fojiali voqealar bilan bog‘liq harakatlarda ayblanayotgan 22 nafar shaxs ustidan Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan sud jarayonini diqqat bilan kuzatmoqda. Biz O‘zbekiston hukumatiga jarayonni jamoatchilik, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari uchun ochiq va shaffofligini, hamda bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani ta'minlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz va jarayonni adolatli hamda xolis bo‘lishiga umid bildiramiz. Biz hukumat fikrni erkin izhor qilish va yig‘ilishlar erkinligi bo‘yicha, shu jumladan, GSP+ doirasidagi o‘zining majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz. Shuningdek, biz Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha tergov komissiyasining ishlari natijasini yaqin kunlarda olishni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va ushbu natijalar jamoatchilikka e'lon qilinishiga umid qilamiz.