2023 yil Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!

08.03.2023

2023 yil Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonimning tabrik so'zi.

Video file

 

ASSALOMU ALAYKUM,

Bugun biz barcha ayollarni va ularning jamiyatga qo'shayotgan hissasini nishonlaymiz. O'zbek xotin-qizlarining jonkuyarligi, ularning jamiyat ichida barcha sohalardagi o'zgarishlar tashabbuskori sifatida ishtirok etishga tayyorligi menda doimo katta taassurot qoldirib kelgan. 

Innovatsiyalar va texnologik o'zgarishlar, raqamli asrda ta'lim - bularning barchasi gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida O'zbekiston Gender tengligiga erishish, ayollarga iqtisodiyot, ilm-fan va raqamli dunyo bilan shug'ullanish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratish yo'lida faol ish olib borayotganini ko'ramiz. Bu Yevropa Ko‘nikmalar yilining ustuvor yo'nalishlarini ham juda yaxshi o‘zida aks ettiradi.

Ammo ayollar o'z orzularini ro'yobga chiqarishlari va jamiyatda teng huquqli ishtirokchi bo'lishlari uchun barcha to'siqlarni olib tashlash kerak - ulardan biri jinsga asoslangan zo'ravonlikdir... Ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kuchli kurash olib borilishi va unga chidab bo'lmasligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Umid qilamanki, yaqin kelajakda zo'ravonlikning barcha shakllari O'zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘lib, bu hamma erkaklar va ayollarga zo'ravonlikning har qanday shakliga chidab bo'lmas ekanligi to'g'risida kuchli belgi bo'ladi.

Barchaga tinchlik va farovonlik tilayman.

Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!