European Union External Action

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillarining Yevropa Ittifoqining “LEICA” dasturi ekspertlari bilan uchrashuvi

17/12/2020 - 07:25
News stories

2020 yil 11 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining (IIV) Xalqaro hamkorlik boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi IIV vakillari bilan Yevropa Ittifoqining “LEICA” dasturi ekspertlari delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

2020 yil 11 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining (IIV) Xalqaro hamkorlik boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi IIV vakillari bilan Yevropa Ittifoqining “LEICA” dasturi ekspertlari delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari e.e. Marupov, IIV TvaeQKBB bo'limi boshlig'i A.M. Mirxodjaev va TvaeQKBB IIV etakchi mutaxassisi T.U. Ataniyazov, hamda Yevropa Ittifoqining “LEICA” dastur delegatsiyasi tomonidan - loyiha direktori J.Ribo-Geyyar, loyiha koordinatori G.Beridze, bosh ekspert V. Korotenko va Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi dastur menejeri A. Liamine Salvan`i ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida ekspertlar tomonidan “LEICA” dasturi loyihasi yuzasidan taqdimot o'tkazilib, uning asosiy maqsadi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarining milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash salohiyatini oshirishga qaratilganligi ta'kidlab o'tildi.

Shundan so'ng mazkur loyiha direktori J.Ribo-Geyyar ushbu dastur bugungi kunda boshlang'ich bosqichda ekanligini bildirib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o'rnatish, shu bilan birga dastur loyihasining ustuvor yo'nalishlari to'rt bosqichdan iboratligi va 4 yilga mo'ljallanganligini ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida IIV vakillari va Evropa Ittifoqi ekspertlari o'rtasida “LEICA” dasturi doirasidagi hamkorlikni amalga oshirishning istiqbolli masalalari hamda natijalari muhokama qilindi.

IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

https://iiv.uz/uz/news/ozbekiston-respublikasi-ichki-ishlar-vazirligi-va...

Editorial Sections: