Oliy vakil / vise-prezident Xosep Borrelning Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumidagi videomurojaati

27.10.2020

Bugun Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan birgalikda tashkil etilgan Ikkinchi Fuqarolik Jamiyati Forumida - virtual bo‘lsa ham - lekin qatnashayotganimdan juda mamnunman.

Faol fuqarolik jamiyati turli xil fikrlarga nisbatan bag‘rikenglik va hurmatni tarbiyalaydi, islohot va taraqqiyot g‘oyalarini taklif qiladi, huquqlar va adolatni himoya qiladi, muhokamalar va fuqarolik ishtiroki uchun talab yaratadi.

Yevropa Ittifoqi o‘z sheriklari bilan aynan shunday tarzda, hamma bilan birgalikda yondashib ishlaydi: ya'ni siyosiy rahbarlar, hokimiyat va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro aloqadada. Ularning barchasi mamlakat va uning jamiyatining vakillari hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi hamkorligimizning yangilangan dinamikasini aks ettiradi. Biz Markaziy Osiyoni Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan strategik mintaqa deb bilamiz.

Ammo mintaqa o‘zining strategik mavqei va yosh va jadal aholisidan foydalanish uchun transformasiya va integratsiya jarayonlarini tezlashtirishi kerak.

Va bu jarayonda fuqarolik jamiyati muhim rol o‘ynaydi.

Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik bo‘lib qolmoqda, ammo bizning sherikligimiz eng qiyin paytlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Pandemiya bizning zaif tomonlarimizni ochib berdi, u biz qanchalik zaif va o‘zaro bog‘liqligimizni eslatib qo‘ydi.

Markaziy Osiyodagi minglab ko‘ngillilar COVID -19ga qarshi kurashda va undan ancha oldin ham peshqadamlik qilganlar.

Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyati tashkilotlari bo‘lmagan taqdirda, oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari va nogironlar kerakli qo‘llab-quvvatlash va yordamdan mahrum bo‘lardilar, dezinformasiya nazoratsiz qolishi va ko‘plab ovozlar hisobga olinmay qolishi mumkin edi.

Fuqarolik jamiyati koronavirus keyin tiklanishda muhim rol o‘ynaydi. Sizga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, boshqaruv va oshkoralikni yaxshilashni talab qilish, inson huquqlari va qonun ustuvorligini himoya qilish kerak bo‘ladi. Siz vaziyatni samarali normallashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynaysiz.

Yevropa Ittifoqi sizning bebaho ishingizga qoyil qoladi va qadrlaydi. Biz inklyuziv va barqaror tiklanish yo‘nalishi bo‘yicha qiyin yo‘ldan olg‘a borar ekanmiz - siz Markaziy Osiyoda - bizning dasturlarimizda va muloqotimizda ajralmas sheriklarimiz hisoblanasiz.

Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan vazirlar uchrashuvi oldidan bugungi muhokamalardan sizning tavsiyalaringizni kutib qolaman.

Bunday forumlar fuqarolik jamiyatini yanada kuchaytirishi, Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo sherikligida yangi g‘oyalarni oziqlantirish va ishlab chiqarish platformasi bo‘lishini chin dildan tilab qolaman.

Rahmat.

Video xabarga havola

 

 

Peter Stano
Lead Spokesperson for Foreign Affairs and Security Policy
+32 (0)460 75 45 53