European Union External Action

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga COVID-19 krizisini bartaraf qilishi uchun 36 million yevro ajratmoqda

29/04/2020 - 08:34
News stories

The European Union has taken a series of concrete actions to support efforts by Uzbekistan government in dealing with COVID crisis. The EU’s response addresses the humanitarian, health, social and economic consequences of the crisis. It addresses short-term emergency needs as well as the longer-term structural impacts on societies and economies, thus reducing the risk of destabilisation. It reinforces both governmental and non-governmental actions.

Toshkent, 2020 y. 24 aprel – Koronavirusning tez yoyilishi global pandemiyaga aylandi. Bu hamjamiyatlarda keskinlikni yuzaga keltirgancha, ijtimoiy himoyaga chorlashni yuksaltirgancha, ishga oid faollikni qisqartirgancha va etkazib berish zanjirini ishdan chiqargancha o‘n minglab odamlar umriga zomin bo‘ldi.  Uning oqibatlari chuqur bo‘ladi. Modomiki, virus odamlar o‘rtasidagi farqni tan olmas va chegara bilmas ekan, bu tarixiy inqiroz barcha odamlarni muhofaza qilish, voqelikni qutqarish va iqtisodiy oqibatlarni bartaraf qilish uchun tezkor, keng ko‘lamli va muvofiqlashgan reaksiyani talab qiladi.

Yevropa Ittifoqi  (YI) dunyoda eng yirik donor va yetakchi iqtisodiy hokimiyat hisoblangancha mazkur harakatlarning oldingi pozitsiyasida turipti. YI JSST ga pandemiyaga global reaksiya qilishi uchun 114 million yevro ajratdi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston hukumatining COVID krizisini yengib o‘tish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qator real choralarni ko‘rdi.  COVID krizisiga javoban YI tomonidan  krizisning gumanitar, tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari ko‘rib chiqilmoqda.  Bundan tashqari,  u  jamiyat va iqtisod uchun beqarorlashish xavfini pasaytirishga olib keladigan qisqa muddatli ehtiyojlar kabi uzoq muddatli tuzilmaviy oqibatlarga javob tariqasidagi choralarni o‘z ichiga oladi. Mazkur choralar hukumatga oid bo‘lgani kabi nohukumat harakatlarni ham kuchaytirishga imkon beradi.

YI Sog‘liqni saqlash sektorining shoshilinch ehtiyojlarini qondirish maqsadida mamlakat uchun JSST ning tayyorligi va reaksiyasini ta’minlash bo‘yicha Strategik reja doirasida 2,2 million yevro taqdim etadi.  YI 5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni Orolbo‘yi mintaqasi uchun Ko‘psheriklik trast fondiga  yo‘naltiradi; Fond yaqin kunlarda Covid-19 oqibatlari bilan kurashish uchun takliflar tanlovini ham e’lon qiladi.

YI qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirishni byudjet tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida  21 million yevro to‘lashni tezlashtirgancha mamlakat iqtisodiyotini tiklashga ham ko‘maklashadi. Bundan tashqari,  4 million  yevrogacha mablag‘ qishloq xo‘jaligi sektorida krizisning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga yo‘naltiriladi.  

Shuningdek, YI BMT TD tomonidan amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonning qishloq tumanlarida boshqaruv darajasini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish» loyihasi doirasida   1,8 million yevrogacha bo‘lgan mablag‘ni davlat xizmatlariga onlayn-kirish bilan bog‘liq favqulodda xarajatlarni qoplashga, shuningdek, pandemiyaning ijtimoiy oqibatlarini hal qilish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashni 1 million yevrogacha ta’minlashga  qayta taqsimlaydi.  

YI Fransuz rivojlanish agentligi (FRA) bilan sheriklikda kasalxona chiqindilari bilan xavfsiz muomalada bo‘lishga ko‘maklashish ustida ham ishlamoqda  (1 million yevrogacha).

YI elchisi Eduards Stiprays ta’kidlaganidek: «Hukumat iqtisodiyotni qutqarish va kichik hamda o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ta muhim choralarni ko‘rmoqda. Ishonamanki, biz agar birgalikda harakatlanish choralarini ko‘rsak, katta natijalarga erishamiz. YI tomonidan biz qo‘shimcha moliyaviy yordam taqdim  etgancha, shuningdek, joriy krizisni bartaraf qilish bilan bog‘liq aniq muammolarni hal qilishga foydalanish imkoni bo‘ladigan  pul mablag‘larini yo‘naltirgancha O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz».

YI choralari  sherik mamlakatlarga ularning koronovirus infeksiyasi va uning oqibatlari bilan kurashini qo‘llab-quvvatlashga 20 mlrd yevrodan ortiq miqdorda yo‘naltirilgan  TeamEurope (Yevropa Komandasi) global yordam dasturi natijasi hisoblanadi. TeamEurope yondoshuvi YI moliyaviy resurslarini, uning a’zo mamlakatlari va  moliyaviy institutlarini, xususan, Yevropa investitsiya banki va Yevropa rekonstruksiya va taraqqiyot bankini birlashtirishdan iborat.

YI ning Oliy Vakili  Jozep Borrel shunday ta’kidladi: «Koronavirus pandemiyasi hamkorlikdagi, global harakatlarni talab qiladi.  Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlari sog‘liqni saqlash sohasida hamda uning – uyda va xorijdagi  jiddiy oqibatlarini bartaraf qilishda o‘z rolini o‘ynaydi.  Garchi biz fuqarolarimizga ko‘mak ko‘rsatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha  ishni qilyapmiz, biz o‘zimizga bevosita yaqin turgan va chegaradan uzoqdagi sheriklarimizga ham ularning yashashga bo‘lgan mablag‘iga, barqarorligi va xavfsizligiga ta’sirini oldini olish uchun    yordamlashishimiz zarur, chunki  ularning muammolari bizning ham muammoimiz hisoblanadi. Bu  global kurash, biz yoxud g‘alaba qilamiz, yoxud birgalikda mag‘lub bo‘lamiz. Xalqaro darajadagi hamkorlik va birgalikda harakatlanish hamda ko‘p tomonlama echim – bu kelajakdagi asl global kun tartibiga tomon olg‘a yo‘ldir».