Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi atrof-muhit himoyasiga bagʻishlangan #EU4Environment Haftaligini boshladi

03/12/2020 - 13:30
News stories

Parij bitimining 5 yilligi arafasida, 1-dekabr kuni, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi gidrometereologiya xizmati Markazi bilan birgalikda #EU4Environment Haftaligini boshladi. Haftalik 1-dekabrdan 7-dekabrga qadar davom etadi. Barcha tadbirlar onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Parij bitimining 5 yilligi arafasida, 1-dekabr kuni, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi gidrometereologiya xizmati Markazi bilan birgalikda #EU4Environment Haftaligini boshladi. Haftalik 1-dekabrdan 7-dekabrga qadar davom etadi. Barcha tadbirlar onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Iqlim oʻzgarishiga befarq boʻlmagan yoshlar ishtirokida Hafta davomida YEIning Instagram sahifasida #BeTheWave (Hamnafas boʻl) deb nomlangan maxsus eko-chellenj oʻtkazilib, unda mavzuga oid fikrlar va mulohazalar bilan boʻlishish mumkin boʻladi. Ushbu chellenj Yevropa komissiyasi tomonidan ilgari surilgan global tashabbusning ajralmas qismidir. U insonlarni iqlimga zarar keltirmaydigan oddiy va kundalik amallarni uy sharoitida va jamiyatda bajarishga va Instagramning boshqa foydalanuvchilarini ushbu amallarga rioya qilishga chorlaydi.

#EU4Environment Haftaligi iqlim oʻzgarishi oqibatlariga omma eʼtiborini qaratish va Yevropa Ittifoqining bu yoʻnalishdagi muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi dasturlarining olib borilishiga qaratilgan. Ushbu oʻziga xos aksiya, shuningdek, tabiat bilan munosabatlarimizni qayta koʻrib chiqish uchun yaxshi turtki. Jumladan, insonlarning beqaror  faoliyati biologik xilma-xillikning nobud boʻlishiga va yana-da kengroq koʻlamli ekologik inqirozni keltiruvchi mudhish oqibatlarga olib kelishni yana bir bor yodga solish uchun xizmat qiladi. Haftalik global, milliy va shaxsiy darajalarda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishni kuchaytirishimiz kerak boʻlgan harakatlarning eslatmasidir.

«2020-yil Covid-19 kelitirib chiqargan ulkan muammolar bilan ifoda etilsada, biz tobora oʻsib borayotgan iqlim oʻzgarishi muammolarini unutmasligimiz kerak. Agar ular vaqtida hal etilmasa, kelgusida biz va kelajak avlodlarimizga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatishda davom etadi. 2020-yil oxirida Parij bitimining 5 yilligi nishonlanadi. U global iqlim oʻzgarishlari keltirib chiqarayotgan muammolarga qarshi kurashish yoʻlida xalqaro hamjamiyat, Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston kuchlarini  birlashtirishga zamin yaratuvchi hujjat sifatida xizmat qiladi», - deydi Yussi Narvi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili.

Oʻzbekiston global iqlim oʻzgarishi oqibatlaridan jiddiy zarar koʻrmoqda. Vaziyat Orol dengizining qurib borishi muammosi bilan yana-da ogʻirlashishi hech kimga sir emas. Bu esa, oʻz navbatida, koʻplab boshqa ekologik ofatlarni keltirib chiqarmoqda, ular orasida havoning ifloslanishi, sugʻoriladigan yer va suvlarning shoʻrlanishi kabi muammolardir. Asli texnogen falokat deya hisoblanmish bu vaziyat xaqida shunday deyish mumkinki, bugungi kunga kelib Orol dengizini toʻlaqonli holatiga qaytarishning ilojisi yoʻqligi ayon boʻlmoqda. Ammo mahalliy jamoalar global yondashuvni qoʻllay boshlashlari va bu yerda faoliyat yuritayotgan xalqaro donor tashkilotlari bilan hamkorlikda harakat qilishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.

«Yevropa Ittifoqi tomonidan Oʻzbekistonda moliyalashtirilayotgan loyihalar COVID-19 pandemiyasi sharoitida mahalliy jamoalar va manfaatdor tomonlar bilan ishlashda davom etar ekan, #EU4Environment Haftaligi tadbirlari onlayn va ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻtkazilmoqda. Biz yoshlarni #BeTheWave global harakatiga qoʻshilishga taklif etamiz,  ekologiyani saqlash va himoya qilishga qaratilgan oddiy va toʻgʻri boʻlgan amallarni, shu jumladan, suvni tejash, avtomashinalardan voz kechish, plastikdan ishlangan xaltalar oʻrniga qogʻoz yoki qayta ishlanadigan xaltalardan foydalanish kabi harakatlarni amalga oshirishga chorlaymiz», - deya, izoh berdi YEI delegatsiyasining Oʻzbekistondagi hamkorlik boʻyicha boʻlim rahbari Fransua Bejo.

Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda atrof-muhit masalalariga yoʻnaltirilgan 10ta loyihani amalga oshirmoqda. Ular nafaqat iqlim va atrof-muhit yoʻnalishidagi yaqin hamkorlikka, balki ofatlar xavfini kamaytirish bilan bogʻliq energetika, suv va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Yevropa  Ittifoqining ushbu tashabbuslari iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha harakatlarni faollashtiradigan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari sari xizmat qiladi va Parij bitimi bilan muvofiqlashtirilgan.

#EU4Environment Haftaligi tadbirlari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar quyidagi tarmoqlar orqali havola etilgan:

 

https://www.facebook.com/EuropeanMobilityWeekUz

https://t.me/eu4uz

https://www.instagram.com/eudeluzb/?hl=uk

 

Maʼlumotnoma

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistonga moliyaviy yordami toʻgʻrisida

Yevropa Ittifoqi 2014-2020-yillarda Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun 168 million yevro ajratdi. Yevropa Ittifoqi yordami doirasida suv

resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilarni boshqarish, barqaror atrof-muhit toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, sirkulyar iqtisodiyot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlari oʻrin olgan. Yevropa Ittifoqi tomonidan Oʻzbekistonni qullab-quvvatlash masalasi keyingi yil dasturi muhokamasiga kiritilgan.

Parij bitimi toʻgʻrisida

Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashning muhim global bosqichi boʻlgan Iqlim toʻgʻrisidagi Parij bitimiga 2020-yilda 5 yil toʻladi. Bu 2015-yilning 12-dekabirda Parijda boʻlib oʻtgan iqlim masalalari boʻyicha xalqaro anjumandaKarbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi global iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi tarihda birinchi marotaba qabul qilingan xalqaro va majburiy qonuniy kuchga ega kelishuvdir. Parij bitimiga dunyoning 190ta mamlakati qoʻshilgan. 2015-yilda Parijda iqlim toʻgʻrisidagi bitim qabul qilinganidan soʻng, hukumatlar va oddiy fuqarolar doirasida, ayniqsa yoshlar tomonidan iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishni yana-da kuchliroq tarzda amalga oshirishga qaratilgan chaqiriqlar tez-tez bildirilmoqda.

Yevropa Ittifoqining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashdagi global roli toʻgʻrisida

Yevropa Ittifoqi global iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda xalqaro saʼy-harakatlarning boshida boʻlib, Parij bitimining qabul qilinishida vositachilik qilgan va global yetakchilikni namoyish etishda davom etmoqda. YEI issiqxona gazlari chiqindilariga qarshi kurashda yetakchi hisoblanadi. 2018-yilga kelib, u issiqxona gazlari chiqindilarini 1990-yildagidan 23%ga kamaytirdi va 2030-yilga kelib 40%ga kamaytirishga erishishni maqsad qilib qoʻygan. Oʻtgan 2019-yilda YEI Parijning iqlim toʻgʻrisidagi bitimiga sodiqligini tasdiqladi va 2050-yilgacha Yevropa qitʼasining “iqlim betarafliligi”ga erishishiga qaratilgan keng qamrovli oʻsish strategiyasini ilgari surdi: Yevropa “Yashil kelishuvi”. Yevropaning “Yashil kelishuvi” - bu atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash, toza energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda iqlimning betarafligiga erishish uchun jamiyat uchun yaxshi ish joylarni va imkoniyatlarni yaratish boʻyicha Yevropa Ittifoqining dadil majburiyatidir. Shu bilan birga, Yevropaning “Yashil kelishuvi” Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish strategiyasining ajralmas qismidir.

Editorial Sections: