YI KBRY ITM tashabbusi: Markaziy Osiyo mintaqaviy kotibiyati mintaqaviy kotibiyatlar rahbarlarining 8-Virtual uchrashuvida asosiy yutuqlarni taqdim etdi

24/11/2020 - 12:06
News stories

Yevropa Ittifoqining kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy masalalar bo'yicha ilg'or tajriba markazlari tashabbusi (YI KBRY ITM) doirasida 2020 yil 10-11 noyabr kunlari kotibiyatlar rahbarlarining 8-onlayn uchrashuvi tashkil etildi, unda YI KBRY ITM tashabbusi sakkizta mintaqaviy kotibiyatlarining rahbarlari va rahbar o'rinbosarlari ishtirok etdi. Uchrashuvning maqsadi YI KBRY ITM tashabbusining strategik va tashkiliy jihatlarini muhokama qilish edi.

Bu COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan vaziyat munosabati bilan onlayn tarzda bo'lib o'tgan kotibiyatlar rahbarlarining birinchi uchrashuvidir. Uchrashuvni Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor shaxslari va UNICRI direktori Antoniya Mari De Meo xonim ochdilar.

Uchrashuv davomida, kotibiyatlar rahbarlarining 2020 yil 28 oktyabrda bo'lib o'tgan tayyorlov uchrashuvi natijalari, shuningdek koronavirus pandemiyasi paytida sherik mamlakatlarga YI KBRY ITM tashabbusi doirasida ko'rsatilgan yordam muhokama qilindi. Shuningdek, 2021 yilga mo'ljallangan mintaqalararo strategik yo'l xaritasi taqdim etildi. Yo'l xaritasi tashabbusni kuchaytirish bilan bog'liq bo'lgan va tashabbusning 62 sherik-davlatlarida erishilgan potentsial va ko'rinish foydasini maksimal darajaga ko'taradigan ustuvor yo'nalishlarni va harakatlarni aks ettiradi.

Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy kotibiyat, uning boshlig'i, O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi raisi janob Baxtiyor G'ulomov boshchiligida Markaziy Osiyo mintaqaviy kotibiyatining Kotibiyat rahbarlarining oldingi 7-chi yillik yig'ilishidan beri olib borgan ishlari va yutuqlari to'g'risida taqdimot qildi.

O'zining taqdimotida janob G'ulomov sherik mamlakatlar va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida erishilgan yutuqlar haqida so'zlab berdi. COVID-19 pandemiyasi paytida Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy kotibiyat har hafta Markaziy Osiyodagi sherik mamlakatlardagi vaziyat va COVID-19ga qarshi bo'lgan choralar to'g'risida taqdim etdi; Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropa mintaqaviy kotibiyati bilan har oyda mintaqalararo COVID-19 veb-seminarlarini o'tkazdi; COVID-19ga tegishli axborot materiallari va ko'rsatmalar bilan ta'minladi va inqirozidan chiqish uchun maxsus uskunalar va materiallar bilan ta'minlashga yordam berdi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo uchun KBRY bo'yicha Mintaqaviy harakat rejasini, Qirg'iziston va Mo'g'uliston uchun Milliy harakat rejalarini (MHR) ishlab chiqish tartibi, shuningdek Afg'oniston uchun tugallangan, mamlakatning rasmiy – pashto va dariy – tillariga tarjima qilingan MHR haqida ham so'z yuritildi. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy kotibiyat YI KBRY bo'yicha ITM tashabbusining hozirgi holati va tuzilishi bilan muvofiqlashtirish uchun ITM Nizomini yangilash jarayonini boshlagan va boshqargan.

Janob G'ulomov mintaqaning kelajakdagi rejalarini bayon qilib, nutqini yakunladi. Mintaqada, ayniqsa Qozog'iston Respublikasi bilan o'zaro aloqalar nuqtai nazaridan, shuningdek mintaqalararo faollikning o'sishi, xususan, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Yevropa bilan, hamkorlikni kengaytirish ta'kid qilindi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar muhokama qilingan mavzular bo'yicha o'z fikrlari va mulohazalarini o'rtoqlashish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Butun dunyoda joriy etilgan cheklovlarga qaramay, tashabbus sherik mamlakatlarda salohiyatni oshirish va tajriba almashishga qaratilgan joriy yilgi rejalarini amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Ma'lumot:

Yevropa Ittifoqining KBRY bo'yicha ilg'or tajriba markazlarining tashabbusi Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatlar va adolatni o'rganish bo'yicha mintaqalararo instituti (UNICRI) va Yevropa Komissiyasining Qo'shma tadqiqot markazi (JRC) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ushbu tashabbusni kuzatishda Yevropaning tashqi harakatlar xizmati ham ishtirok etmoqda. Ushbu tashabbus tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlarning texnik ko'magi bilan milliy, mintaqaviy va xalqaro darajadagi izchil va samarali hamkorlik orqali ishlab chiqilgan. Ushbu tashabbusda dunyoning sakkiz mintaqasidagi 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etmoqda.

Editorial Sections: