Markaziy Osiyoda Yevropa Ittifoqining fuqarolik forumi: sheriklik munosabatlarini mustahkamlash

28/10/2020 - 18:12
News stories

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi fuqarolik forumi: barqarorlik va farovonlik uchun hamkorlikni rivojlantirish

27-oktabr kuni Yevropa Ittifoqining (YI) Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili tomonidan tashkil etilgan fuqarolik jamiyatining ikkinchi Forumi onlayn tarzda o'tkazildi. 2019-yilda Bishkekdagi Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo forumining muvaffaqiyatiga tayangan holda, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlarining 150 nafar fuqarolik jamiyati vakillari yana bir bor bahs-, fikr va munozaralar o'tkazish uchun to'plandilar. Forum o'tgan yili Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha Strategiyasi “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo: hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” qabul qilingandan so'ng tashkil etildi.

Yevropa Ittivoqining Oliy vakili Jozef Borrel Forum ishtirokchilarini mamnuniyat bilan kutib oldi. O'z nutqida Yevropa Ittifoqi Yevropa va Osiyoni bog'laydigan strategik mintaqa bo'lgan Markaziy Osiyoning barqaror va farovon rivojlanishiga qat'iy tarafdor ekanligini yana bir bor tastiqladi. U mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun fuqarolik jamiyatining hal qiluvchi rolini ta'kidladi, bu ham Markaziy Osiyo, ham Yevropa Ittifoqida COVID-19 pandemiyasi fonida namoyon bo'lganini ta'kidlab o'tdi.

O'z nutqida, Helga Shmid, Yevropa xizmati tashqi ishlar bosh kotibi va Marat Sidzikov, Qozog'iston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari, covid-19 bilan bog’liq bo’lgan va boshqa inqirozlarning oqibatlarini bartaraf etishda fuqarolik jamiyati tashabbuslari sa'y-harakatlarini tan oldi. Bosh kotib fuqarolik jamiyatining ishini checklashni oldini olish ustuvorligini ta'kidlab o’tdi.

Forumda fuqarolik jamiyati vakillari, tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, xususiy sektor va hukumat a'zolari qanday qilib fuqarolik jamiyati mahalliy va siyosiy darajadagi Yevropa Ittifoqinining mintaqaviy strategiyasini amalga oshirishda yanada ko'proq ishtirok etishlari mumkinligi borasida g'oyalarni muhokama qilishdi, yangi va innovatsion takliflar va tavsiyalar berishdi.  

COVID-19ning jamiyatlarga ta'sirini baholash orqali ishtirokchilar inqirozdan kelib chiqadigan darslar, amaliyotlar, muammolar va imkoniyatlarni aniqladilar. Yevropa Ittifoqi, fuqarolik jamiyati va hukumatlar birgalikda ishlab chiqishi mumkin bo'lgan beshta soha tag'dim qilindi. Internetga kirishni takomillashtirish, raqamli savodxonlikka alohida e'tibor bergab holda raqamlashtirishni rivojlantirish; ijtimoiy tadbirkorlikni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun biznes yondashuvidan foydalanish uchun Konsepsiyani tadkik qilish; barqaror va inklyuziv boshqaruvni rag'batlantirish uchun davlat qarorlarini qabul qilishda fuqarolik jamiyatining ishtiroki kelajakda birga ishlash uchun yo'nalishlardir.  Inqirozdan keyingi tiklanish qiyinchiliklarga duch kelsa-da, ammo u "odamlarning ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilgan qayta tiklanish", inkluzivlik va farovonlik, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida imkoniyatlar ochadi. Ushbu jarayonlarda ayollar, yoshlar, nogironlar, mehnat migrantlarining ishtirokini ta'minlash uchun qo'shimcha harakatlar kerakligi bildirildi.  Shu nuqtai nazardan, Yevropa Ittifoqi fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan aloqalarni kengaytirish lozimdir. Mintaqadagi iqlim o'zgarishining oqibatlarini yumshatish uchun barcha ishtirokchilarning jalb qilish va yoshlarning o'zgarish va rivojlanishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati ham ko'plab muhokamalarda yangradi.

Ushbu Forum doirasida va asosiy Forumga tayyorgarlik jarayonida to'rtta davra suhbati o'tkazildi. Pandemiya prizmasidan foydalanib, COVID-19 davra suhbatlarida jamiyatda ommaviy axborot vositalarining roli ko'rib chiqildi va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining nogironlar, uy ichidagi zo’ravonlikka to’qnash kelgan ayollar va qizlar kabi zaif guruhlarni qo'llab-quvvatlashdagi roli ta'kidlandi. Ishtirokchilar hayotning turli sohalaridagi boy tajribani taqdim etdilar va forumda nafaqat muhokamalarni qo'llab-quvvatlash, balki Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi hukumatlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorligini qo'llab-quvvatlash uchun bir qator aniq taklif va tavsiyalarni bayon etdilar. Boshqa davra suhbatida yoshlarni YI Strategiyasini amalga oshirish jarayoniga jalb qilishning yangi va innovatsion usullari ko'rib chiqildi.

Ushbu Forum fuqorolik jamiyatining ovozi Yevropa Ittifoqi va YI a'zo mamlakatlarda, shuningdek, Markaziy Osiyoning yuqori martabali davlat vakillari orasida eshitilishi uchun platforma bo'lib xizmat qiladi. Forum orqali Yevropa Ittifoqi hamkor davlatlar oldida turgan muammolarni hal qilishda ularning rolini ilgari surishga intiladi. Berilgan fikrlar va tavsiyalar Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo vazirlarining 16 - yig'ilishida, shuningdek, kelajakdagi birgalikdagi faoliyatimiz uchun asos bo'lib xizmat qiladi.