The Delegation of the European Union to Yemen

Ready4Trade Markaziy Osiyo O'zbekistonda olib borilayotgan faoliyati haqida so'zlaganda

19/07/2021 - 13:24
News stories

O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yevropa Ittifoqi va Xalqaro Savdo Markazi (XSM) O'zbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish maqsadida sa'y-harakatlarini birlashtirishmoqdalar. Ready4rade loyihasi O'zbekistonning qo'shni davlatlar va boshqa mintaqalar iqtisodiyotlari bilan ochiq, oshkora va teng huquqli savdo qilish uchun iqtisodiy salohiyatini kengaytirish maqsadida, O'zbekistonning xalqaro ko'p tomonlama savdoga faol integratsiyalashuviga ko'maklashadi. Loyiha mintaqaviy va xalqaro savdo uchun ortiqcha bo'lgan savdo to'siqlarini bartaraf etish, elektron tijorat sektorini rivojlantirish, O'zbekistondagi COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan salbiy oqibatlar va iqtisodiy qiyinchiliklarni yengillatish, shuningdek, barchaga tadbirkorlik qilish uchun inklyuziv- keng qamrovli imkoniyatlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yevropa Ittifoqi va Xalqaro Savdo Markazi (XSM) O'zbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish maqsadida sa'y-harakatlarini birlashtirishmoqdalar. Ready4rade loyihasi O'zbekistonning qo'shni davlatlar va boshqa mintaqalar iqtisodiyotlari bilan ochiq, oshkora va teng huquqli savdo qilish uchun iqtisodiy salohiyatini kengaytirish maqsadida, O'zbekistonning xalqaro ko'p tomonlama savdoga faol integratsiyalashuviga ko'maklashadi.

Loyiha mintaqaviy va xalqaro savdo uchun ortiqcha bo'lgan savdo to'siqlarini bartaraf etish, elektron tijorat sektorini rivojlantirish, O'zbekistondagi COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelgan salbiy oqibatlar va iqtisodiy qiyinchiliklarni yengillatish, shuningdek, barchaga tadbirkorlik qilish uchun inklyuziv- keng qamrovli imkoniyatlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Loyiha tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilish

2021 yil 8 iyulda bo'lib o'tgan yuqori darajali onlayn tadbir davomida ishtirokchilar Ready4Trade loyihasining dastlabki erishgan yutuqlarini muhokama qildilar hamda loyiha doirasidagi keyingi tadbirlarni rejalashtirdilar. Tadbirda asosiy ma'ruzachilar sifatida Janobi Oliylari Baxtiyor Rahimov, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari, Janobi Oliylari Sharlotta Adrian, Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi va Xalqaro Savdo Markazining Mamlakatlararo Dasturlari bilan ishlash bo'limi direktori Janob Ashish Shoh qatnashdilar.

  • Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi J.O. xonim Sharlotta Adrian "Markaziy Osiyo mintaqasi va O'zbekistonning kelajagi mintaqaning iqtisodiy integratsiyasi va Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilayotgan qadriyatlar, me'yorlar va standartlarni hisobga olgan holda savdoni jadallashtirish bilan sezilarli darajada yaxshilanadi. Ushbu mintaqaviy loyiha to'g'ri yo'lga qo'yilgan dastlabki qadamdir", deb ta'kidladi.

 

  • XSM Mamlakatlararo Dasturlari bilan ishlash bo'limi direktori Janob Ashish Shoh shunday dedi: "Loyiha pandemiya oqibatida yuzaga kelgan barcha cheklovlarga qaramasdan katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ready4Trade O'zbekistonga savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo'yicha Milliy Portalni yaratishda ko'maklashayapti va transchegaraviy savdoni boshqarish bo'yicha trening dasturini ishlab chiqish va kichik biznes uchun ish joyining o'zida maslahat berish orqali savdo uchun protsessual va me'yoriy to'siqlarni bartaraf etishda hukumatga yordam berayapti. Ready4rade shuningdek, Davlat bojxona qo'mitasi va Davlat statistika qo'mitasi hamda O'zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Loyiha O'zbekistonning keng doiradagi manfaatdor tomonlar ishtirokida Elektron Tijorat Strategiyasini ishlab chiqish va milliy elektron tijorat ekotizimini chuqur baholashni amalga oshirishda ham qo'llab-quvvatlab kelmoqda".

O'zbekiston vakillari Ready4rade loyihasining O'zbekistonda amalga oshirilayotgan savdo tartib-taomillarini yaxshilashga qaratilgan ishlarini hozirda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida yaxshi yutuqlarga erishayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Yuqori darajali uchrashuv ishtirokchilari quyidagilarni muhokama qildilar:

  • Loyihani amalga oshirishning birinchi yilida O'zbekistonda erishilgan natijalar
  • Loyihaning O'zbekiston sharoitiga mos keladigan tarzda, to'g'ri yo'nalishda ilgari surishni ta'minlash bo'yicha kelgusi tadbirlar

Ready4Trade loyihasi ikki asosiy yo'nalishda, ya'ni savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron tijorat sohasida O'zbekistondagi turli xil muhim davlat idoralari, biznes birlashmalari va mikro, kichik va o'rta korxonalar (MKO'K) bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Loyiha turli tashkilotlarni raqamlashtirishga oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan bilim bilan ta'minlash maqsadida, elektron laboratoriyalar, seminarlar, treninglar va kouch-sessiyalar shaklida salohiyatni oshirish tadbirlarini tashkil etmoqda.

 

Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish

Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari transchegaraviy savdoni amalga oshirish tartib-taomillarining tezligi va samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish hisobiga O'zbekiston iqtisodiyotiga ko'plab ijobiy ta'sir ko'rsatishi kerak. Ready4rade transchegaraviy tartibga soluvchi talablarning shaffofligini oshirish, savdo uchun me'yoriy va protsessual to'siqlarni bartaraf etish va transchegaraviy savdo uchun mavjud tartib-qoidalarni soddalashtirish bo'yicha choralar ko'rishda savdo siyosatini ishlab chiquvchi davlat xizmatchilarini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Ushbu chora-tadbirlar, shuningdek, savdodagi rasmiyatchiliklar va standartlarga rioya qilish bo'yicha korxonalarning salohiyatini mustahkamlaydi, shuningdek, ayollarning xalqaro savdoda ishtirok etish qobiliyatini oshiradi.

Elektron tijorat

Raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida savdo-sotiq qilish, yoshlar, ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarning ish bilan ta'minlash uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, MKO'Klarga xalqaro miqyosda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatini berish orqali iqtisodiy o'sishga hissa qo'shadi. Ready4Trade kichik korxonalarga yangi bozorlarni aniqlashda va milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda savdo qilishda qo’llab-quvvatlaydi. Oflayn shaklda ishlayotgan kompaniyalar o'zlarining raqamli savdo bozorida   mavjudligini yaratish uchun bilimga ega bo'lishadi, raqamli jihatdan yanada rivojlangan kompaniyalar esa o'zlarining onlayn bozorda mavjudligini kuchaytirish uchun ko'mak olishadi. Ishtirok etuvchi biznes uyushmalarining vakillari elektron tijorat bo'yicha treninglar va xabardorlikni oshirish tadbirlaridan foydali ko'nikma va bilimlarga ega bo'lishadi.

Loyiha, shuningdek, elektron tijorat tizimini takomillashtirish uchun savdo siyosatini ishlab chiquvchi davlat xizmatchilariri va milliy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish orqali O'zbekistonning Elektron Tijorat Strategiyasini yaratishda ko’mak beradi.

O'zbekiston Yevropa Ittifoqi moliyalishtiralayotgan va Xalqaro Savdo Markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Ready4rade loyihasining besh nafar benefitsiar davlatlaridan biridir.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu saytga tashrif buyuring: intracen.org/ready4trade

 

Aloqada qoling: #Ready4Trade #CentralAsia

Ready4Trade Markaziy Osiyo loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqi (YI) va Xalqaro savdo markazi (XSM) mintaqadagi ichki va xalqaro savdoni rag'batlantirish orqali Markaziy Osiyoning umumiy barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shish uchun sa'y-harakatlarini birlashtirmoqdalar. Ready4Trade Markaziy Osiyo loyihasining benefitsiarlari hukumatlar, mikro,  kichik va o'rta korxonalar, xususan ayollar rahbarligidagi korxonalar va biznesni qo'llab-quvvatlash tashkilotlaridir. Loyiha 5 mamlakatda: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonda amalga oshirilmoqda.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu saytga tashrif buyuring: intracen.org/ready4trade

XSM haqida - Xalqaro savdo markazi Jahon savdo tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo'shma agentligidir.

XSM rivojlanayotgan va iqtisodiy o'tish davri mamlakatlaridagi kichik va o'rta korxonalarning jahon bozorlarida raqobatbardosh bo'lishiga yordam beradi va shu bilan BMTning "Savdoga ko'maklashish dasturi" va barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa qo'shadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.intracen.org saytiga tashrif buyuring

See Also

Editorial Sections:

Author