The Delegation of the European Union to Yemen

O'n afg'on talaba ayollar "Afg'on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini Qozog'iston va O'zbekistonda ta'lim berish va kadrlarni tayyorlash orqali qo'llab-quvvatlash" Mintaqaviy loyihasi doirasia O'zbekistonda birinchi o'quv yilini tugatmoqda

08/07/2021 - 14:51
News stories

Toshkent, 2021 yil 8-iyul - Afg'onistonlik talaba ayollarning o'n nafar birinchi guruhi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan "Afg'on ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini Qozog'iston va O'zbekistonda ta'lim berish va kadrlarni tayyorlash orqali qo'llab-quvvatlash" Mintaqaviy loyihasi doirasida O'zbekistonda agronomiya bo'yicha texnik va kasb-hunar ta'limi va o'qitish (TVET) dasturi tayyorgarlik davrini yakunlamoqda. Shu munosabat bilan, bugun Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning Yevropadagi Ittifoqning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

TVET dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan O'zbekiston Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Jami 50 nafar afg'on ayollari 2025 yilgacha, Yevropa Ittifoqi tomonidan afg'on ayollarining oliy va kasb-hunar ta'limi yo'lidagi harakatlarini qo'llab-quvvatlash uchun ajratilgan 2 million Yevro miqdoridagi granti asosida Qozog'iston va O'zbekistonda turli xil universitetlarda oliy, texnik va kasb-hunar ta'limi olishadi. Bunda, ayollarga ta'lim berish orqali ularning salohiyatini oshirish, shuningdek, shaxsiy va iqtisodiy ta'sirlarni yaratadi, masalan, Afg'onistonga qaytib kelgandan keyin o'zlarining imkoniyatlarini va o'z jamoalariga hissa qo'shish imkoniyatlarini yaratadi.

 "Yevropa Ittifoqi Afg'oniston xalqini tinchlik, xavfsizlik va farovonlik yo'lida qo'llab-quvvatlashga sodiqdir. Ushbu loyiha nafaqat o'z vaqtida, balki noyobdir. U Afg'oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi transchegaraviy munosabatlarni bunday ta'lim almashish dasturlari orqali qo'llab-quvvatlaydi va ushbu qo'shni mamlakatlar xalqlari o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi. Yevropa Ittifoqi Afg'oniston bilan turli sohalarda, jumladan, gender tengligi va ta'lim sohasida yaqin hamkorlik qilish orqali mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta'minlash bo'yicha sa'y-harakatlarini amalga oshirishda O'zbekistonni qo'llab-quvvatlashni davom ettiradi", dedi Sharlot Adrian, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi.

Tadbirda ishtirokchilar va manfaatdor tomonlarga loyihaning borishi, natijalari va rejalashtirilgan faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Xususan, olti oylik intensiv o'zbek tili kursi natijasida hozirgi kunda barcha 10 afg'on talabalari o'zlarining o'qituvchilari va mahalliy do'stlari bilan o'zbek tilida muloqot va munozara qilishlari mumkin.

Talabalar agronomiya bo'yicha kasb-hunarga yo'naltirilgan dasturini yakunladilar. Ushbu modul muhim ahamiyatga ega, chunki talabalar o'zbek tilini asosiy fanlardan ancha mustahkamladilar va haqiqiy ish sharoitida fermerlar bilan ishlashga tayyorlanishdi.

"Yaxshi malakaga ega bo'lgan ayollar yuqori martabali xususiy yoki davlat sektorida ish topishlari kutilmoqda. Ushbu imtiyozlar ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy mavqeini oshirishni, shuningdek, ayollarning sohani rivojlantirish va gender tengligini ta'minlashga qo'shgan noyob hissalarining muhim modellarini o'z ichiga oladi", dedi Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili.

“BMT Ayollari” tuzilmasi bilan birgalikda afg'onistonlik talabalar uchun Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha qishki va yozgi maktab dasturlari tashkil etildi. Treningda ayollarga biznes g'oyalarini yaratish va ularni rivojlantirish, shaxsiy rivojlanish, tadbirkorlik to'g'risida tushunchalar, boshlang'ich tashkilotlar, biznes kontseptsiyalari, izlanishlar va boshqa rag'batlantiruvchi imkoniyatlar bo'yicha resurslar va ko'nikmalar berildi.

Afg'onistonlik talabalar akademik mashg'ulotlardan tashqari, bo'sh vaqt o'tkazish, sport va madaniy almashinuv uchun keng imkoniyatlarga ega. O'zbek-Afg'on agronom ayollari Klubi a'zolari o'z tengdoshlarini ijtimoiy va lingvistik moslashishda faol qatnashmoqdalar. Klub a'zolarining sa'y-harakatlari bilan agro-biznes ta'limi va elektron tijorat sohasida yangi startap konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

2021 yil sentyabrdan boshlab afg'on ayollarining birinchi guruhi agronomiya bo'yicha kasb-hunar ta'limi dasturida ta`lim oladilar, 2023 yil iyul oyida ayollar TVET diplomlari bilan taqdirlanadi.

"O'zbekiston qo'shni do'st Afg'oniston zaminida tinchlikni qo'llab-quvvatlaydi va e'tiborini ushbu loyihadagi kabi yangi mobil ta'lim dasturlarini ishlab chiqishga qaratadi", - dedi tadbir yakunida Yusuf Absoatov, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining o'rinbosari.

Editorial Sections:

Author