Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar 24–25 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi

23.06.2025
Qashqadaryo, O‘zbekiston
Press and information team of the Delegation to UZBEKISTAN

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, Toyvo Klaar Janobi Oliylari, 2025 yil 24–25 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatiga o‘zining ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi.

Tashrif doirasida viloyat rahbariyati bilan uchrashuvlar, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi loyihalari bo‘yicha namunaviy obyektlarga tashrif va Qarshi Davlat texnika universiteti akademik hamjamiyati bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Elchi Klaar Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkamlanayotgan hamkorlikni, yashil o‘sish, innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdagi Yevropa Ittifoqining yondashuvini ta’kidlaydi.

Mazkur tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlash va mintaqadagi strategik hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sadoqatini namoyon etadi.