Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida Agro Eco klub tashkil etildi

Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda Toshkent davlat agrar universitetida negizida Agro Eco klubni ishga tushirdi. Mazkur yangi tashabbus O‘zbekistonda barqaror qishloq xo‘jaligi va ekologik mas’uliyatni rivojlantirishda ekologik ongli yangi avlod mutaxassislarini ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda Toshkent davlat agrar universitetida negizida Agro Eco klubni ishga tushirdi. Mazkur yangi tashabbus O‘zbekistonda barqaror qishloq xo‘jaligi va ekologik mas’uliyatni rivojlantirishda ekologik ongli yangi avlod mutaxassislarini ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi kabi dolzarb muammolarga duch kelmoqda, bu esa tabiiyki oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tahdid solmoqda. Bugungi kunda barqaror taraqqiyot uchun tuproqni muhofaza qilish, suvni tejash, bioxilma-xillikni asrab-avaylash va ekologik toza qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu hal qiluvchi davrda yosh novatorlar va talabalarning o‘rni har qachongidan ham muhimdir. Ularning shijoati, ijodkorligi va sadoqati mamlakatning “yashil” transformatsiyasini olg‘a siljitishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

“Biz talabalar uchun Agro Eco klub faqat uchrashuvlar maydoni emas — u tabiatni muhofaza qilish va iqlimga mos qishloq xo‘jaligini rivojlantirish g‘oyalarimizni amaliy loyihalarga aylantira oladigan maskandir. Bu klubning a’zosi bo‘lish orqali atrof-muhit va qishloq xo’jaligimizning kelajagi oldida mas’uliyatimizni oshiradi. Biz barqaror qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tabiat muhofazasi bilan jiddiy shug‘ullanishga tayyormiz,” — deya Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Madina Ibragimova ta’kidlab o‘tdi.

Yoshlar Agro Eco klubi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMTTDning Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU–AGRIN)” loyihasi doirasida tashkil etildi. Agro Eko Klub faoliyatini shakllantirishda “Agrar soha ayollari” uyushmasi muhim o‘rin tutib, klub faoliyatida gender tenglik hamda inklyuziv liderlikni ilgari surib,  samarali faoliyatni yo‘lga qo’yish bilan bog‘liq  zarur chora-tadbirlarni o‘z ichiga klubning konsepsiyasini ishlab chiqdi. 

“Yoshlar Agro Eco klubi O‘zbekistonning yashil transformatsiyasiga yoshlarni yetakchi sifatida qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamdir. Ularning g‘oya va amaliy ishlari qishloq xo‘jaligi va tabiat uyg‘un rivojlanadigan barqaror kelajakni shakllantirishga yordam beradi. Bir necha oy avval biz Zangiota agrotehnologiya kollejida ham Yoshlar markazini ochdik va kelgusida ushbu platformalar o‘rtasida qo‘shma tashabbuslar uchun katta imkoniyat ko‘ryapmiz. Bu esa yoshlarning iqlimga mos qishloq xo‘jaligini yaratishdagi hissasini kuchaytirishga turtki bo‘ladi”, — dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha dastur menejeri Roberto Aparisio.

Agro Eco klub talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun bilim almashish, loyihalar ishlab chiqish va barqaror qishloq xo‘jaligini ta’minlashda innovatsion yechimlarni amalga oshirish maydoni sifatida xizmat qilishga mo‘ljallangan. Zamonaviy texnik uskunalar va qulay shart-sharoitlar bilan jihozlangan bu klub nafaqat ekologik toza amaliyotlar va yashil boshqaruvni ilgari surish uchun intellektual platforma hamdir.

“BMTTD bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayotganidan faxrlanadi. Bu nafaqat yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, balki iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolarga javob topishda inklyuzivlik va innovatsiyani ta’minlaydi,” — dedi BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii.

Ushbu tashabbus Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi orqali amalga oshirilmoqda va u Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonda barqaror va inklyuziv taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashdagi uzluksiz sodiqligini yana bir bor namoyon etadi.