Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi innovatsion guruhlarning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamoqda

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi blan hamkorlikdagi ““Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU–AGRIN)” loyihasi doirasida Italiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti kengashi (CREA) ekspertlari ishtirokida “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi innovatsiyalarini bilim, hamkorlik va iqlim bo‘yicha chora-tadbirlar orqali kengaytirish” mavsusida yakuniy seminar tashkil etildi. Mazkur tashabbus O‘zbekistondagi  Innovatsion guruhlarni qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi blan hamkorlikdagi ““Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU–AGRIN)” loyihasi doirasida Italiyaning Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti kengashi (CREA) ekspertlari ishtirokida “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi innovatsiyalarini bilim, hamkorlik va iqlim bo‘yicha chora-tadbirlar orqali kengaytirish” mavsusida yakuniy seminar tashkil etildi. Mazkur tashabbus O‘zbekistondagi  Innovatsion guruhlarni qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektoriga innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Seminarda institutsional soha mutahasislarini qo‘llab-quvvatlash, bilim va salohiyatni oshirish, ilg‘or tajribalar almashinuvi, shuningdek, Yevropa yondashuvlari asosida yer resurslarini barqaror boshqarish va agroinnovatsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy olimlar, fermerlar va milliy ekspertlar iqlimga moslashgan qishloq xo‘jaligi, suvdan samarali foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Shuningdek, innovatsiyalarni kengaytirish modellari va moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilinib, gender tengligi va yoshlarning qishloq xo‘jaligidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dastlab biz Innovatsion guruhlarni qanday tashkil etish va ularning qanday foyda keltirishi mumkinligini o‘rgandik. Shunday guruhlardan birining a’zosi bo‘lgan fermer sifatida ilm-fan, tadqiqot, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirgan Yevropa yondashuvini O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi amaliyotining barqarorligini oshirish maqsadida qo‘llash imkoniga ega bo‘lganimdan mamnunman. Loyiha davomida biz yuqori hosildor va kasalliklarga chidamli bug‘doy yetishtirish bilan birga suvni tejashga ham erishdik. To‘g‘risini aytsam, men ilgari olimlar bilan yaqindan hamkorlik qilmaganman, shu sabab jarayonda suv va o‘g‘itlardan ortiqcha foydalanishga olib kelgan ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan ekanman. Biroq bu tajriba mening fermer sifatidagi rivojlanishim uchun bebaho saboq bo‘ldi”, — dedi Toshkent viloyati, Qibray tumani fermeri Nargiza Shernazarova.

Seminarda Italiyada amalga oshirilgan EIP-AGRI’ning o‘xshash loyihalari bo‘yicha amaliy misollar taqdim etildi. Ushbu hamkorlikdagi innovatsion tashabbuslar aniq qishloq xo‘jaligi muammolarini hal qilish va barqaror ravishda mahsuldorlikni oshirish bo’yicha imkoniyat yaratdi.

“Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga sarmoya kiritayotganidan faxrlanadi. Agro-oziq-ovqat sohasi jiddiy ekologik muammolarga duch kelmoqda, biroq bu soha O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun bandlikning asosiy manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Uy xo‘jaliklari mamlakatda iste’mol qilinadigan go‘sht va sabzavotlarning asosiy qismini ishlab chiqarmoqda. Shu bois biz fermerlarga iqlim o‘zgarishiga moslashish, atrof-muhitni asrash, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va mahalliy hamda global qo‘shimcha qiymat zanjirlarida o‘z o‘rnini mustahkamlashga yordam beradigan islohotlarga e’tibor qaratmoqdamiz”, — deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi dasturlari rahbari Roberto Aparisio.

Seminar davomida BMTTDning yetakchi texnik mutaxassisi Ivan Horvat ishtirokchilarni bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda eski yondashuvlardan tashqariga chiqib, yangi g‘oya va innovatsion yechimlar orqali barqaror rivojlanishga erishish zarurligi haqida taqdimot qildi. O‘zgarishlar davrida innovatsiyani yangicha fikrlash va uni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish masalasi muhokama qilindi. 

Loyihaning milliy koordinatori Ulug‘bek Islomov o‘z chiqishida quyidagilarni ta’kidladi: “Loyihaning dastlabki bosqichidanoq biz Italiyaning yetakchi qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlaridan biri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Mazkur institut bugungi kunga qadar 500 dan ortiq operatsion guruhni (innovatsion guruh) muvaffaqiyatli amalga oshirish tajribasiga ega. Ta’kidlash lozimki, CREA O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi ilk Innovatsion guruhlariga texnik maslahatlar, salohiyatni oshirish dasturlari va amaliy vositalarni taqdim etib kelmoqda”.

Shu o‘rinda aytish joizki, EU-AGRIN loyihasi doirasida Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida jami 18 ta Innovatsion guruh tashkil etildi va quyidagi natijalarga erishildi:

  • Quyosh energiyasida ishlaydigan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi suv hamda energiya iste’molini 55 foizga kamaytirishga yordam berdi.

  • Iqlimga chidamli urug‘lar va samarali agrotexnologiyalar qo‘llanishi natijasida asosiy ekinlar hosildorligi 33 foizga oshdi.

  • Tejamkor texnologiyalar, baliqchilik va yaylovlardan oqilona foydalanish natijasida issiqxona gazlari chiqindilari 1227 tonnaga kamaytirildi.

  • Ayollar rahbarligidagi kooperativlar barqaror texnologiyalarni joriy etish va chorvachilikni rivojlantirish orqali daromadni 34 foizga oshirishga erishdi.

Loyiha doirasida 9 000 dan ortiq kishi, jumladan 2276 nafar ayol, salohiyatni oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlarida ishtirok etdi. Italiya va Germaniyaga uyushtirilgan o‘quv safarlari innovatsiyalar bo‘yicha tajriba almashish va O‘zbekistonning barqaror qishloq xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi. Zangiota agrotexnologik kasb-hunar ta’lim markazida tashkil etilgan Yoshlar markazi esa agro-oziq-ovqat sektorida yoshlar tomonidan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan maskanga aylandi.

Mazkur natijalar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMTTDning Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi EU-AGRIN loyihasining O‘zbekistonda barqaror, inklyuziv va innovatsiyaga asoslangan qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirishga sezilarli hissa qo‘shayotganini tasdiqlaydi.