Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o'rtasida o'zaro bog'liqlik bo'yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun ro'yxatga olish ochiq.

21.10.2022

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Samarqand konferensiyasi 2021-yil 1-dekabrda qabul qilingan Yevropa Ittifoqining “Global Darvoza” deb nomlangan yangi strategiyasi doirasida o'zaro bog'liqlik bo'yicha birinchi mintaqaviy konferensiya bo'ladi.

2022 yil 18 noyabr kuni Samarqand shahrida Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo o'rtasida o'zaro bog’liqlik konferensiyasi: Global Darvoza bo'lib o'tadi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko'magida tashkil etilgan mazkur tadbir Yevropa Ittifoqining 2019 yilgi Markaziy Osiyo bo'yicha Strategiyada belgilangan barqarorlik, farovonlik va mintaqaviy hamkorlik maqsadlari yo'lida umumiy konsepsiyalar bo‘yicha hududiy va mintaqalararo muloqotlar uchun platformaga aylanadi.

Samarqanddagi konferensiyada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha Oliy vakili/Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel, mamlakatlar rahbarlari va boshqa muhim shaxslar ma'ruzachilar bo'lishadi. 

Tadbirda ishtirok etish uchun xususiy sektor, davlat idoralari mutaxassislari va ekspertlari, tadqiqotchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi. Tematik yo'nalishlar bo‘yicha uchta asosiy panel sessiyalari raqamlashtirish, transport va logistika, energetika va suv resurslari bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.   

Yangi geosiyosiy kontekstning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo'yicha global tashabbuslar doirasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari modernizatsiya, sarmoya oqimini ko'paytirish, raqamlashtirish, Markaziy Osiyo hududi ichida va undan tashqarida savdo uchun qulay muhit yaratish hamda transport yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlamoqda.

Mintaqaning umumiy tarixi va iqtisodiyoti duch kelayotgan muammolarni, shuningdek, ularning rivojlanayotgan aloqalarini hisobga olgan holda, yaqindan muvofiqlashtirilgan mintaqaviy chora-tadbirlar birgalikdagi sa'y-harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish uchun havola www.eucaconnectivity.uz

 

-
09:00 am - 06:00 pm
Samarqand, O'zbekiston
How to join?

Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting www.eucaconnectivity.uz