Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti, Samarqand, O'zbekiston, 4 aprel 2025 y
2025 yil 4 aprel kuni O‘zbekistonning Samarqand shahrida ilk bor Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitni O‘zbekiston Resoublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib beradi, tadbirda, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari ishtirok etadi. Yevropa Ittifoqi nomidan Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta hamda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen qatnashadi. Hozirgi geosiyosiy sharoitda Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Mintaqaning barcha besh davlati tashqi siyosiy yo‘nalishlarini muvozanatlashtirish va diversifikatsiya qilish maqsadida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni mustahkamlashga chinakam qiziqish bildirmoqda. Ushbu ilk Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarning muhim siyosiy bosqichga ko‘tarilganini ifodalaydi.