O'zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qabul qilinish jarayoniga yangidan turtki berish orqali JSTga a'zo bo'lishga taraddud ko’rmoqda

10.11.2020

Xalqaro savdo markazi (XSM) O'zbekistonning xalqaro savdo tizimiga qo'shilish bo'yicha yangi qarorini qo'llab-quvvatlash uchun Yevropa Ittifoqining (YI) yangi loyihasini amalga oshirmoqda. "O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniga ko’maklashish"deb nomlanuvchi mazkur loyiha 2020 yil 10 noyabrda, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) hamkorligida tashkil etilajak yuqori darajadagi onlayn-tadbir davomida rasmiy ravishda ishga tushirildi. Aslida o’z faoliyatini 2020 yil fevral oyida boshlangan ushbu loyiha O’zbekistonga o’zining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonidan foydalangan holda milliy iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga asoslangan rivojlanish rejasini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) to'laqonli a'zo sifatida qo'shilish jahon iqtisodiyotiga naflanuvchi skhaklda integratsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston ushbu uzun va burilishlari ko’p bo’lgan yo'lni ko'p yillar davomida turli xil sur’atda bosib kelmoqda. Ammo, yaqinda ushbu harakat yangi sur'at kasb etdi, chunki 2016 yildan buyon savdo-sotiqni erkinlashtirish va ichki savdo rejimini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va transformatsiyalar yo’lga qo’yildi.

Xalqaro savdo markazi (XSM) O'zbekistonning xalqaro savdo tizimiga qo'shilish bo'yicha yangi qarorini qo'llab-quvvatlash uchun Yevropa Ittifoqining (YI) yangi loyihasini amalga oshirmoqda. "O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniga ko’maklashish"deb nomlanuvchi mazkur loyiha 2020 yil 10 noyabrda, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) hamkorligida tashkil etilajak yuqori darajadagi onlayn-tadbir davomida rasmiy ravishda ishga tushirildi. Aslida o’z faoliyatini 2020 yil fevral oyida boshlangan ushbu loyiha O’zbekistonga o’zining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonidan foydalangan holda milliy iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga asoslangan rivojlanish rejasini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

O’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun loyiha asosiy e’tiborini quyidagilarga qaratadi:

- O'zbekiston hukumatining muzokaralardagi pozitsiyalarini shakllanitirishda hamda Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni talab qilganuvchi hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashish;

- Ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarga O'zbekistonning yangi xalqaro majburiyatlarini bajarishida zarur bo'ladigan tarmoq qonunlari va qoidalarini ishlab chiqishda yordam berish;

- Davlat xizmatchilarining Jahon savdo tashkilotiga a'zolik jarayoni va uning qonunchilik asoslari to'g'risidagi xabardorligini oshirish;

- O'zbekistonning JST qoidalariga rioya qilish salohiyatini oshirish, xususan Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya tadbirlari (SPS), Savdoda texnik to'siqlar (TBT) va Savdo-sotiqni osonlashtirish (TF) shartnomalari bo'yicha;

- Tadbirkorlik sohasining, shu jumladan ayollar uyushmalarining JSTga kirish jarayoni va uning afzalliklari to'g'risidagi xabardorligini oshirish.

Shu yo’sinda O'zbekiston XSMning keng ko'lamli texnik yordam xizmatlari orqali kam rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga JSTga a'zo bo'lish jarayonida ko'maklashish borasidagi uzoq muddatli boy tajribasidan naflanadi. Samoa, Yaman, Laos XDR, Komor orollari, Liberiya, Sudan, Tojikiston va Efiopiya Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish yo'lida XSM yordamidan bahramand bo'lgan mamlakatlar safiga kiradi. Shuningdek XSM mamlakatlarga JSTga qabul qilinganidan keyin dastlabki davr qiyinchiliklarini hal qilishda yordam berishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirib keladi. Masalan, bunday loyihalardan biri Afg'onistonda amalga oshirilmoqda.

Ushbu 5 yillik loyiha davomida XSM Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'zbekiston ITSV bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Loyiha o’zining faoliyatini O'zbekistonning JSTga kirishi bo'yicha muzokaralari jarayonida salkam o'n besh yillik to'xtashdan keyin Ishchi Guruhning 4-yig’ilishini o’tkakzishi uchun JST a’zolarining ko’magini yig’ishga yordamlashish bilan jadal ravishda boshladi. Ishchi Guruh yig’ilishi 2020 yilning iyul o’tkazildi. Mazkur jarayonda yana bir marrani belgilovchi ushbu muhim voqea O'zbekistonning muzokaralar stoliga qaytishini va mamlakat hukumatining JSTga a'zo bo'lish ahdiga sodiqligini va bu boradagi sa'y-harakatlarini belgilab berdi.

  • Janob Badriddin Abidov, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari (ITSV), O'zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish masalalari bo'yicha muzokaralar guruhi rahbari: "JSTga a'zo bo'lish - shaksiz ustuvor vazifadir. Biz ushbu jarayonni O'zbekistonni jahon iqtisodiy hamjamiyati va ko'p tomonlama savdo tizimiga yanada faol integratsiyasini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning ajralmas qismi deb bilamiz. Shu nuqtai-nazardan Evropa Ittifoqiga mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lish istagini qo'llab-quvvatlaganligi va bu jarayonda texnik yordam ko'rsatgani uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz."
  • Janob Yussi Närvi, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi Muvaqqat ishlar vakili: "O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi kapital va nou-xaularni talab qiladi va ikkalasini ham qo’lga kiritish uchun to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar zarur. Jahon Savdo Tashkilotiga qo'shilish - bu sarmoyadorlarni O'zbekiston umumiy qoidalar asosida ish ko’rishiga ishontirish vositasidir va biz ushbu qoidalar amalga kirganidan so'ng yevropalik investorlarning O'zbekistonga bo'lgan qiziqishini kuchayishini kutmoqdamiz.”
  • Pamela Kok-Xemilton xonim, XSM Ijrochi direktori: “Ushbu yangi loyiha O'zbekiston hukumati mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi jaroyonini qo'llab-quvvatlash uchun ichki siyosatini va va savdo rejimini isloh qilishga to'liq tayyor ekanligi to'g'risida aniq signal beradi. XSM savdo-sotiq orqali mamlakat uchun yanada inklyuziv va barqaror iqtisodiy kelajak qurish yo’lida siyosatchilar va ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qilishdan mamnun.”

O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoni to'g'risidagi barcha rasmiy ma'lumotlarni, shu jumladan barcha rasmiy hujjatlarni shu yerdan topishingiz mumkin.

Loyihaning 10 noyabr kuni soat 14.30 da (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan rasmiy ishga tushirilish tadbiri faqat taklifnoma asosida amalga oshiriladi.

Loyiha haqida ko'proq ma'lumot olish uchun bizning veb-sahifamizga murojaat qiling: intracen.org/UZBWTO

Aloqada bo'ling: #WTOaccessionUZB


Shuningdek qarang