O‘zbekistondagi 5- har yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasi: barqaror va energiya-samarador mobillik sari yo‘l solib

2023 yil mavzusi “Energiyani tejang” bo‘lib, u barqaror shahar mobilligini ilgarilatishda energiya-samaradorlikning hal qiluvchi rolini yana bir bor ta'kidlaydi.

 

5-har yilgi Yevropa Harakatlanish Haftasi 16 sentabrda boshlanadi va oy oxirigacha davom etadi. Tadbirlar doirasida umumjahon e'tirof etilgan Avtomobilsiz kun ham mavjud, u 22 sentabrda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Yevropa Harakatlanish Haftasi 5-marotaba o‘tkazmoqda, bu bilan barqaror shahar mobilligiga sadoqatini tasdiqlamoqda. 2023 yil mavzusi “Energiyani tejang” bo‘lib, u barqaror shahar mobilligini ilgarilatishda energiya-samaradorlikning hal qiluvchi rolini yana bir bor ta'kidlaydi.

“Energiyani tejash iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, energetik xavfsizlikni ta'minlash va jamoaviy farovonlikni yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Barqaror mobillik oyligi doirasida, kelinglar, energiyani asrashning global ahamiyatini anglab, barqaror mobillikni kundalik hayotimizning muhim qismiga aylantiraylik. O‘zbekiston transport iinfratuzilmasida energiya-samaradorlik o‘ynaydigan asosiy rolning e'tirof etilishi barqaror shahar mobilligiga yo‘l ochadi. Birgalikda biz yanada ekologik toza va adolatliroq kelajak sari intilamiz”,deya, qayd etdi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian.

Bu yil Yevropa Ittifoqining tashabbusini 39 ta mamlakatdagi 2000 dan ziyod shahar qo‘llab-quvvatladi. Ilg‘or jahon tajribasiga va avvalgi yillar amaliyotiga rioya etgan holda, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi davlat miqyosidagi hamkorlarni, mahallliy hokimiyat organlari vakillari va fuqarolik jamiyati tashkilotlarini bo‘lajak Yevropa Harakatlanish Haftasida qatnashishga taklif etadi. Buni mobillik aksiyasini o‘tkazish, siyosat ishlab chiqish, infratuzilmani yaxshilash yoki xabardorlikni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish (Yevropa Harakatlanish Haftasi yoki Avtomobilsiz kun vaqtida velosiped va yugurish marafonlarini tashkil qilish) orqali amalga oshirish mumkin.

Aholiga harakatlanishning ekologik toza vositalari – piyoda, velosipedda, metro va tramvayda yurishdan foydalanish taklif etiladi. Bunday tanlov energiyani tejabgina qolmay, atrof-muhit holatini ham yaxshilaydi va odamlar farovonligi darajasini oshiradi.

Yevropa Harakatlanish Haftasining avvalgi yutuqlarini yorituvchi qisqacha videorolik:

Telegram

Instagram

Facebook

Axborot uchun

O‘zbekistondagi Yevropa Harakatlanish Haftasi global kampaniyaning bir qismi sanaladi, u har yili, Yevropa Komissiyasining tashabbusi bilan, 50 dan ziyod mamlakatda o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Yevropa Harakatlanish Haftasiga va barqaror mobillik g‘oyalarini tarqatishga qo‘shilgan.

2018-yilda Parij kelishuviga qo‘shilib va 2030-yilgacha issiqxona gazlari tashlamasini 35%ga qisqartirishni o‘z zimmasiga olib, O‘zbekiston allaqachon iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash yo‘liga qadam bosdi.

Ushbu g‘oyani yanada mustahkamlash uchun, 2020-yilda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Yevropa Harakatlanish Haftasi milliy ahamiyatga ega har yilgi kampaniya sifatida e'tirof etdi.

Yevropa Harakatlanish Haftasi global kampaniyasi to‘g‘risidagi yanada to‘liqroq axborot bilan

https://mobilityweek.eu/ saytida tanishish mumkin.