EU FOCUS FILM CAMP kinooromgohi ishining natijalarini yakunlamoqdamiz

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian FOCUS kino va teatr maktabining o‘smirlar uchun kino san’ati bo‘yicha bepul ta’lim moduli bitiruvchilariga sertifikatlar topshirdi.

 

2023 yil 3 noyabr. Bugun FOCUS kino va teatr maktabida EU FOCUS FILM CAMP kino oromgohida tahsilni muvaffaqiyat bilan o‘tagan bitiruvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar, shu yerni o‘zida bolalar ishlarining namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. Final ishtirokchilarini shaxsan tabriklash uchun maktabga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Andrian tashrif buyurdi.

Ilgari FOCUS kino va teatr nodavlat maktabining faoliyati birinchi marotaba “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent  xalqaro kinofestivali doirasida o‘tgan Yevropa kinosi festivalini ochilish marosimida tilga olingan edi.

EU-FOCUS FILM CAMP – bu 10dan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun maxsus tashkil etilgan bepul ta’lim moduli bo‘lib, unda badiiy va hujjatli kino, animatsiya, rejissura, foto suratga olish, rassomchilik, musiqa, kino tarixi, dramaturgiya, teatr, prodyusirlik, tasvirga olish san’ati, kino ishlab chiqarish, adabiyot, jamoada ishlash, ovoz rejisserligi, jurnalistika, montaj va boshqa shu kabi sohalardagi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar jamlangan. Shuningdek, Toshkentning tarixi bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida poytaxt bo‘ylab sayohatlar o‘tkazildi. Hamda Toshkent va Toshkent viloyatida ta’lim ekspeditsiyalari tashkil etildi.

Loyihaning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasining yosh avlodida kino va teatr sohasidagi bilimi sifatini oshirish va ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat.

Ta’lim yoz oyida har kuni, hamda butun sentabr va oktabr oylarining dam olish kunlari bepul tarzda o‘tkazildi. Undan so‘ng barcha ishtirokchilarning hammasi tahsilni davom ettirishga qaror qildilar. Bolalarning yarmi FOCUS kino maktabida bepul asosda yakshanba kunlari mashg‘ulotlarni davom ettiradilar, chunki loyiha FOCUS GRAVITY HUB Ijodiyotning xalqaro laboratoriyasi grantlari agregatori tizimiga kiritilgan.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan EU FOCUS FILM CAMP o‘smirlar uchun kino oromgohi FOCUS kino va teatr maktabining loyihalaridan biridir, unda Yevropa kinematografchilarining mahorat darslari va  hujjatli kinoning European Union FOCUS CineLab keng ko‘lamli laboratoriyasi ham faoliyat yuritmoqda.

#eufocusfilmcamp #focusgravityhub