Yevropalik mutaxassislar O'zbekistondagi davlat boshqaruvini takomillashtirish bo'yicha bilimlarini baham ko'rishadi

26.10.2020

Toshkent, 26 oktabr 2020 yil - Yevropa Komissiyasining texnik yordam va axborot almashish vositasi (TAIEX DEVCO) doirasida o'tkazilgan sud-huquq sohasida birinchi seminar davomida Xorvatiya, Frantsiya, Polsha va Ispaniyadan kelgan Yevropa Ittifoqi ekspertlari O'zbekiston fuqarolari manfaati yo'lida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo'yicha o'z bilimlari bilan baham ko'rishadi. Onlayn seminar O'zbekiston Adliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etildi.

Toshkent, 26 oktabr 2020 yil - Yevropa Komissiyasining texnik yordam va axborot almashish vositasi (TAIEX DEVCO) doirasida o'tkazilgan sud-huquq sohasida birinchi seminar davomida Xorvatiya, Frantsiya, Polsha va Ispaniyadan kelgan Yevropa Ittifoqi ekspertlari O'zbekiston fuqarolari manfaati yo'lida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo'yicha o'z bilimlari bilan baham ko'rishadi. Onlayn seminar O'zbekiston Adliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etildi.

Ikki kunlik o'quv seminars Adliya vazirligi va boshqa davlat amaldorlarining Huquqiy-me'yoriy hujjatlarning ta'sirini baholash va qonunchilikni tizimlashtirishda salohiyatini oshirishga qaratilgan. 2017-2021 yillar uchun beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingandan so'ng, O'zbekistonda qabul qilingan qonun hujjatlarining soni ikki baravarga oshdi. Ko'payib borayotgan qonunchilik muhim islohotlarga yo'l ochishi bilan davlat boshqaruviga katta yuk bo'lib, hokimiyat samaradorligini xavf ostiga qo'yadi.

Screenshot

"Ma'muriy qoidalar va protseduralarni tizimlashtirish hukumatning hisobdorligini, prognozlashtirish va shaffofligini oshirishga yordam beradi va iqtisodiy operatorlar, davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar va soliq to'lovchilar yukini kamaytiradi. Bu esa davlat va uning fuqarolari o'rtasida ishonchni oshirishga yordam berishi mumkin", dedi Yussi Narvi, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili.

Yussi Narvi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga ma'muriy yukni kamaytirish va jahon bozorlariga qo'shilishning afzalliklariga e'tibor qaratdi: "Davlat boshqaruvini tizimlashtirish - mahalliy investitsiyalarni rag'batlantirishi va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi mumkin, chunki bu xususiy sektorga imtiyozlarni oshiradi. Huquqiy-me'yoriy hujjatlarning ta'sirini baholash vositalari hukumat majburiyati bo'lmish xalqaro standartlarga o'tishda ham yordam berishi mumkin, bu esa milliy organlarga nogironligi bor insonlar yoki ayollar kabi himoyaga muhtoj guruhlarning huquqlarini himoya qilishda va atrof-muhitga salbiy ta'sirlardan saqlanishda yordam ko'rsatadi."

Seminar davomida Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, Oliy Majlis, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa davlat muassasalari ishtirokchilari a) fuqarolar va biznes uchun ma'muriy yukni kamaytirish, b) davlat boshqaruvida va milliy qonunchiligida raqamli vositalardan foydalanish, i)yanada samarali normativ hujjatlarni ishlab chiqish kabi sohalarda bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Ma'lumot:

TAIEX DEVCO - bu Yevropa Komissiyasining Xalqaro Hamkorlik va Rivojlanish Bosh Direktoratining (DEVCO) sherik mamlakatlari va hududlari uchun ishlab chiqilgan Texnik ko'mak va axborot almashish dasturidir (TAIEX). Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning davlat sektori mutaxassislarini jalb qilib, sherik mamlakatlardagi davlat idoralaridan yordam so'rab murojaat qilish orqali qisqa muddatli texnik ko'makni tezda safarbar etadi. Maksimal ta'sirni ta'minlash uchun TAIEX DEVCO milliy rivojlanish siyosati kontekstini mustahkamlash va Yevropa Ittifoqining 2030 yilgi kun tartibidagi majburiyatlariga muvofiq Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bu TAIEX DEVCO-ning O'zbekistondagi ikkinchi tadbiridir. Birinchi tadbir (2020 yil 30-iyun) Davlat statistika qo'mitasining aholi va uy-joylarni ro'yxatga olishni rejalashtirishdagi imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan edi.


Shuningdek qarang