Delegation of the European Union to Uzbekistan

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari siyosat va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

21/10/2020 - 11:46
News

2020-yil 20-oktabr kuni “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” muloqotining navbatdagi raundida ishtirok etdi. Tadbir onlayn rejimda o‘tkazildi.

2020-yil 20-oktabr kuni “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” muloqotining navbatdagi raundida ishtirok etdi. Tadbir onlayn rejimda o‘tkazildi.

Yevropa tomonidan Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi Helga Shmid, Markaziy Osiyo davlatlaridan esa tashqi ishlar vazirlarining mas’ul o‘rinbosarlari qatnashdi. O‘zbekistondan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov qatnashdi. An’anaga muvofiq mintaqalararo tadbirda Afg‘oniston TIV rahbari o‘rinbosari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqa mamlakatlarining YI bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida fikr almashdi. Afg‘onistonni mintaqaviy ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga faol jalb qilish yo‘li bilan mazkur mamlakatda tinchlikka erishishga ko‘maklashish masalasi muhokama qilindi. https://bit.ly/3m5rWku