Delegation of the European Union to Uzbekistan

Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston kelajakdagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qilmoqdalar

19/10/2020 - 12:18
News stories

19-oktabr kuni videokonferentsiya shaklida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi (YI) o'rtasida hamkorlik bo'yicha kichik qo'mitaning uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi va O'zbekiston investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etildi.

19-oktabr kuni videokonferentsiya shaklida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi (YI) o'rtasida hamkorlik bo'yicha kichik qo'mitaning uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi va O'zbekiston investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etildi.

 

Yevropa tomoni Yevropa Komissiyasining Hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha bosh direktoratining Yaqin Sharq/Fors ko'rfazi, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bo'limi rahbari Sara Rinaldi tomonidan hamraisligida, hamda Yevropa tashqi ishlar xizmati Markaziy Osiyo departamenti rahbari Boris Yaroshevich ishtirokida muhokamada qatnashdi.

 

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Shuhrat Vafayev kichik qo'mita yig'ilishining O'zbekistondan hamraisi bo'ldi. Kichik qo'mitaning uchinchi yig'ilishining asosiy maqsadi 2014-2020 yillarga mo'ljallangan ko'p yillik indikativ dasturni amalga oshirishdan olingan saboqlarni hamda O'zbekiston hukumatining joriy va o'rta muddatli islohotlarga nisbatan ustuvor yo'nalishlarini aniqlash va muhokama qilishdan iborat edi. Shuningdek, Rinaldi xonim Yevropa Ittifoqining 2021-2027 yillarda hamkorlikning navbatdagi dasturiy tsikliga tayyorgarlik ishlari to'g'risida ma'lumot berdi va O'zbekistonning manfaatdor tomonlarini ushbu jarayonining faol ishtirokchilari bo'lishga taklif qildi.

Yig'ilishda bir nechta tarmoq vazirliklari, ya'ni qishloq xo'jaligi, bandlik va mehnat munosabatlari, innovatsion rivojlanish, oliy va o'rta maxsus ta'lim va suv resurslarini boshqarish vazirliklari, shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi ishtirok etishdi. Ular o'zlarining asosiy vazifalari va hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari haqida ma'lumot berishdi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar yig'ilishga "Team Europe" qo'shma tashabbusi doirasida qo'shilishdi.

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi o'z faoliyatini O'zbekistondagi 2014-2020 yillarga mo'ljallangan umumiy qiymati 168 million yevroni tashkil qiluvchi ko'p yillik indikativ dastur va qishloq xo'jaligi va qishloqlarni rivojlantirish kabi rivojlanishning asosiy yo'nalishlari doirasida amalga oshirmoqda. Keyingi dasturlash tsikli uchun ishtirokchilar hamkorlik ko'lamini kengaytirish va raqamli iqtisodiyot, ta'lim, Orol dengizi mintaqasining ekologik innovatsion rivojlanishi va investitsiya muhiti kabi sohalarni qamrab olishni taklif qilishdi.

Uchrashuv davomida Sara Rinaldi ta'kidlab o'tdi: “2020 yildan keyingi Yevropa Ittifoqini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik dasturlarini rejalashtirish qiyin sharoitga, ya'ni iqlim o'zgarishi va atrof-muhitning tanazzulga uchrashish kabi oldingi muammolari #COVID-19 pandemiyasi tufayli yanada kuchaygan davrga to'g'ri keldi. #COVID-19 inqirozidan qutulish barqaror, ijtimoiy adolatli, bardoshli va iqlimga neytral iqtisodiyotni ta'minlash zarurligiga asoslanishi kerak. Yevropa Komissiyasining umumiy siyosiy ustuvor yo'nalishlari bilan bir qatorda Barqaror rivojlanish maqsadlari Yevropa Ittifoqini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikning asosiy maqsadi bo'lib qoladi. "Team Europe" tashabbuslari yangi dasturning asosiy xususiyati bo'ladi. Bu - Yevropa Ittifoqi va a'zo davlatlar taraqqiyotga ko'proq ta'sir o'tkazish maqsadida kengaytirilgan dasturlarni yaratish uchun kuchlarni birlashtirgan asosiy dasturdir."

Qo'shimcha ma'lumot:

27 ta a'zo davlatdan tashkil topgan Yevropa Ittifoqi dunyodagi rivojlanish bo'yicha eng katta yordam ko'rsatuvchi donor hisoblanadi. O'zbekistonga ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy yordam ko'rsatilmoqda. Yevropa Ittifoqi 2014-2020 yillarda O'zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik uchun qishloqlarni rivojlantirishga qaratilgan 168 million yevrodan ortiq mablag' ajratdi. Shuningdek, O'zbekiston chegaralarni boshqarish (BOMCA dasturi orqali) va giyohvand moddalarni nazorat qilish (CADAP / IcSP orqali), ta'lim (Erasmus + orqali), demokratiya va inson huquqlari (EIDHR orqali), energetika (IFCA orqali) kabi sohalarda mintaqaviy va tematik yordam oladi. va INOGATE), kichik va o'rta biznesni rivojlantirish (CA-Invest orqali), tinchlik va barqarorlik (IcSP orqali), suv/atrof-muhit va yadroviy xavfsizlik (IFCA va INSC orqali). Yevropa Ittifoqi O'zbekistonda 1996 yildan beri ishlaydi. Har yili Yevropa Ittifoqi rivojlanish uchun 24 million yevro miqdorida yordam beradi.

Editorial Sections: