Delegation of the European Union to Uzbekistan

Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston: Yevropa Komissiyasi Vitse-prezidenti Margaritis Shinasning tashrifi

26/11/2021 - 07:26
News

25 noyabr kuni Yevropa Komissiyasi Vitse-prezidenti Margaritis Shinas Toshkentga tashrif buyurdi.

2021-yil, 25 noyabr - Toshkent
 

25 noyabr kuni Yevropa Komissiyasi Vitse-prezidenti Margaritis Shinas Toshkentga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev J.O., shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, transport vaziri, Ilhom Maxkamov, Bosh vazirning Davlat maslahatchisi janob Mehriddin Xayriddinov va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, janob Najmiddin To‘raxo‘jaev bilan uchrashdi.

Vitse-prezident Shinas tashrifi chog‘ida o‘zbekistonlik suhbatdoshlari bilan Belarus rejimi tomonidan rejalangan va amalga oshirilgan Yevropa Ittifoqiga qarshi gibrid hujumni muhokama qildi. Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi boshqa ikki tomonlama masalalar ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Uchrashuvlar chog‘ida Vitse-prezident Shinas olti davlat (Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman, Livan va Liviya) fuqarolariga O‘zbekiston aeroportlari orqali Belarusga tranzit o‘tkazishga endi ruxsat bermayotganligini tilga olib, ushbu inqirozga tezkor va jiddiy javob ko‘rsatgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

Vitse-prezident Shinas Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning do‘sti ekanini va xavfsizlik sohasida, jumladan, chegaralarni boshqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga, siyosatning keng ko‘lamli yo‘nalishlarida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidladi. Vitse-prezident Shinas O‘zbekistonni mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik markazi sifatida yuqori baholadi.

Editorial Sections:

Author