Delegation of the European Union to Uzbekistan

#EUCA21: Ikki mintaqani birlashtiruvchi Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Iqtisodiy Forumi

02/11/2021 - 09:55
News stories

5-noyabr kuni Bishkekda (Qirg‘iziston Respublikasi) Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi birinchi marta yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yuqori darajadagi uchrashuv Yevropa Ittifoqining 2019-yilgi Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida yaqin yillarda Markaziy Osiyoda o‘tkaziladigan bir qator tadbirlarning birinchisi bo‘lishi rejalashtirilgan. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash strategiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Forum ishtirokchilarga barcha tomonlar manfaati uchun barqaror iqtisodiy rivojlanish sohasida Markaziy Osiyoning ustuvor ehtiyojlarini muhokama qilish imkoniyatini beradi. Tadbirning uchta asosiy mavzusi yashil tiklanish, raqamlashtirish va biznes muhitini yaxshilash bo'ladi.

Shu sababli, birinchi yuzma-yuz Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi 2021-2027 yillarga mo'ljallangan yangi dasturga muvofiq Yevropa Yashil kelishuvi, YIning raqamlashtirish rejasi, Yevropa Ittifoqining mintaqaviy va ikki tomonlama dasturlari kabi Yevropa Ittifoqi tashabbuslarini hisobga olgan holda ushbu uch sohadagi muammolar va imkoniyatlarga eʼtibor qaratadi. Yevropa Ittifoqi xususiy sektori tomonidan taklif qilingan tashabbuslar va texnologik yechimlar ham muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, tadbir Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan Forumning uchta ustuvor yoʻnalishiga alohida eʼtibor qaratgan holda Yevropa Ittifoqi bilan joriy hamkorlikni, shuningdek, iqtisodiy hamkorlikning yangi imkoniyatlarini har tomonlama muhokama qilish imkonini beradi.

Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan milliy hukumatlarning yuqori darajali vakillari, Yevropa Ittifoqi tomonidan esa Yevropa komissiyasining iqtisodiy va savdo masalalari bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis ishtirok etadi.

Yuqori darajali ushbu muhim tadbirda Yevropa Ittifoqi vakili bo‘lish men uchun katta sharafdir. Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan munosabatlarimiz izchil takomillashib bormoqda va ushbu iqtisodiy forum tufayli biz mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda navbatdagi qadamni tashlamoqdamiz. Biz hamkorlik, savdo va sarmoyani kengaytirish masalalarini muhokama qilamiz, asosiy e’tiborni barqaror biznes muhitini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotlarimizni yashil va raqamli o‘zgartirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga qaratamiz. hududlarimizni har qachongidan ham yaqinlashtirishi mumkin", - dedi Valdis Dombrovskis.

Shuningdek, tadbirda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning yuqori darajali vakillari, mintaqada YI loyihalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, Markaziy Osiyo va Yevropadan xususiy sektor vakillari, shuningdek, rivojlanish boʻyicha hamkorlar, jumladan, Yevropa moliya institutlari ishtirok etadi.

***

Yevropa Ittifoqi Iqtisodiy Forumi – Markaziy Osiyo uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish

5-noyabr kuni onlayn forumga qoʻshilganingizda, oʻzingizni quyidagi formatda koʻrsating:

3 harfli mamlakat/tashkilot qisqartmasi, keyin ismi va familiyasi

UZB Usmon Usmonov/УЗБ Асан Асанов / ЕС Хосе Мата

https://us06web.zoom.us/meeting/register/tZwpdu2oqD8vH9ajI2TOnCfPvUDqtyPzPEOD

Forum rus va ingliz tillarida ish olib boradi

Tags:

Author