Delegation of the European Union to Uzbekistan

O’zbekistonda Yevropa tillari kuni nishonlandi

27/09/2021 - 10:42
News stories

Yevropa Ittifoqining elchisi Sharlotta Adrian: “Har bir inson tillarni bilish madaniy va iqtisodiy afzalliklardan foydalanish imkoniyatiga loyiqdir. Tillarni o'rganish turli xil lingvistik va madaniyatli insonlar o'rtasida bag'rikenglik va tushunishni rivojlantirishga yordam beradi"

2021-yil 24-sentabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida an’anaviy “Yevropa tillari kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian, Shvetsariyaning O’zbekiston Respublikasidagi elchisi Konstantin Obolensky, Gruziya elchisi Alexander Kipiani, Germaniya Federativ Respublikasi elchisining yordamchisi A. Volken va Fransiya elchixonasining Madaniyat va hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Laurent Oriol va boshqalar ishtirok etdilar. Tadbirni O’ZDJTU rektori Ulugbek Azizov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Elchixonalar tomonidan mamlakatlar madaniyati va tarixiga oid ko'rgazma va plakatlarni o’z ichiga olgan stendlar tashkil etildi, tadbir ishtirokchilariga universitetlarda turli yo’nalishlar bo’yicha tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili bo’yicha o’tkazilgan tanlov g'oliblari munosib taqdirlandi. Shu bilan birga, fakultetlar talabalari tomonidan tayyorlangan chet tillaridagi musiqiy dastur namoyish etildi.

 

 

Editorial Sections:

Author