Delegation of the European Union to Uzbekistan

«Men shahrimni sevaman!» – Oʻzbekistonda Yevropa harakatlanish haftasi-2021 start oldi

17/09/2021 - 08:31
News stories

2021 yil 16 sentabr, Toshkent shahri – Bugun poytaxtning Mirzo Ulugʻbek nomidagi Markaziy parkida Oʻzbekistonda Yevropa harakatlanish haftasi–2021 start olishini nishonlagan «Men shahrimni sevaman: shaharda barqaror harakatlanish ijodkorlar nigohida» koʻrgazmasining ochilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar Hokimligi, Toshshahartransxizmat AJ, «Tashkent Runners» yugurish ishqivozlari klubi va Oʻzbekiston Velosipedchilar hamjamiyati tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

Joriy yili Oʻzbekiston uchinchi bor Yevropa harakatlanish haftasi global kampaniyasining ishtirokchisi boʻlmoqda. Oʻzbekistonda 2021 yilda oʻtkazilayotgan kampaniyaning bosh mavzusi – «Oʻz shahringizni seving! Barqaror harakatlaning! Sogʻlom boʻling!»

Bu safar Harakatlanish haftasi mavzusini ilgari surishda iqtidorli ijodiy hamjamiyat faol yordam koʻrsatdi. Besh nafar oʻzbekistonlik rassom va dizaynerlar – Rushana Alimova, Liliya Ashrapova, Aisha Imamturayeva, Dilorom Mamedova va Azukar Moreno dizayn bilan bezatilgan velosipedlar yordamida xavfsizlik, salomatliva va oʻz shahriga muhabbat gʻoyalarini ifoda etib, shaharda barqaror harakatlanishga «badiiy tafakkur» bagʻishladilar. Shuningdek velosipedlar koʻrgazmasini Gʻuncha Art Space hamjamiyati tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston yosh rassomlarining tematik ishlari yanada boyitmoqda.  

 

Koʻrgazmaning ochilishda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian xonim quyidagilarni ta’kidladi:

«Joriy yil uchun tanlangan mavzu – COVID-19 pandemiyasi davrida Yevropa va butun dunyo boshdan kechirgan mushkulliklarga hurmat bajo keltirishni ifodalaydi. Shuningdek u ushbu tanazzul natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlar uchun imkoniyatlarni aks ettiradi.  Butun dunyo boʻylab shaharlar va shahar ma’muriyatlari pandemiyaga munosabat bildirishga oid ijodiy va barqaror choralarni yaratdilar. Bu yilgi Yevropa harakatlanish haftasi shaharlarning yashovchanligi va ularning yutuqlarini e’tirof etadi. Oʻtgan yili boshlangan faol harakatlanishni oshirish va havoni past darajada va umuman ifloslantirmaydigan harakatlanish turlaridan foydalanish kabi tendensiyalar yanada yuksalishni taqozo etmoqda. Oʻzbekiston ijodkorlar hamjamiyati 2021 yilda Yevropa harakatlanish haftasini nishonlashga juda katta hissa qoʻshganligidan mamnunmiz».

Hozirgi voqeliklar va dunyodagi vaziyat zamonaviy shaharlarga oʻz talablarini qoʻymoqda. Toshkentda velosipedchilar va piyodalar sonini va xavfsizligini oshirish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash yoʻnalishida sezilarli oʻzgarishlar roʻy bermoqda.

Bundan tashqari, jamoat tarnsportini rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirilyapti. Jumladan, 1.353 ta yangi yangi yoʻlovchi tashish, shu jumladan 900 ta elektrobus sotib olish, piyodalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sekin-asta harakatdagi tarkibni yangilash, jarayonlarning raqamli boshqaruvini joriy qilish hamda Toshkent metropolitenida xavfsizlikni oshirish rejalashtirilgan.

Toshshahartransxizmat AJ Boshqaruvi Raisi Anvar Jo’rayev oʻzining kirish ma’ruzasida quyidagilarga urgʻu berdi:

«Shaharda barqaror harakatlanish faoliyatimizning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Biz Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Yevropa harakatlanish haftasi kabi aksiyalar orqali fuqarolar Oʻzbekiston shaharlari yashash uchun yanada qulay boʻlishini xohlayotganlarini koʻryapmiz. Shu asnoda biz istiqbolga nazar tashlab, odamlar umidlarini oqlash uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz. Shu bilan birga biz Toshkent yashovchilarini boʻlajak Harakatlanish haftasi davomida oʻz shaxsiy avtotransport vositalarini bir haftaga velosiped, samokat va boshqa muqobil transport vositalariga almashtirib turishga da’vat etamiz».

 

Ta’kidlash lozimki, Oʻzbekistonda Yevropa harakatlanish xavfsizligi–2021 start olishini nishonlagan «Men shahrimni sevaman: shaharda barqaror harakatlanish ijodkorlar nigohida»  koʻrgazmasi hech bir tashrif qiluvchini e’tiborsiz qoldirmadi.  

Gʻuncha Art Space hamjamiyati asoschilari va koʻrgazma kuratorlari Inessa Boltyanskaya va Natalya Axmedova oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar:

«Bizning bolaligimizda “koʻcha” soʻzi juda bir qadrli ma’noga ega boʻlgan. Koʻchada biz har jihatdan erkin boʻlardik – yugurardik, sakrardik, samokatlar, roliklar, velosipedlarda uchardik. Biz faol, sogʻlom va baxtiyor boʻlardik. Ulgʻayib va vazminlashib olgʻandan keyin biz endi yugurish tasmasidan foydalanyapmiz, avtomobillar va mototsikllarga oʻtiryapmiz. Ushbu koʻrgazma orqali bizning Gʻuncha Art Space hamjamiyatimiz ertalab park ichida yoki uy atrofida yugurib oʻtish, doʻstlar bilan birga velosipedlarda sayr qilishga chiqish, yaqin atrofdagi kinotetrgacha samokatda uchib kelish qanchalik zoʻr ekanligini barchaga eslatmoqchi. Chunki bu sogʻliq, yaxshi kayfiyat va ekologiya uchun juda foydali».  

Oʻzbekistonning barcha aholisi va mehmonlari 2021 yil 22 sentabrga qadar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Markaziy parkida boʻlib oʻtadigan koʻrgazmaga taklif etiladi.

Yoʻldagi xavfsizlik ham YeHH-2021 ning muhim mavzularidan sanaladi. Shu yili informatsion kampaniya yordamida Toshkent, Samarqand va Navoiy shaharlaridagi LED-ekranlarda tadbir tashkilotchilari barcha haydovchilariga yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va tezlik rejimini nazorat qilishni iltimos qilib murojaat etmoqdalar.

Toshkentda yirik kesishmalardagi mavjud transport oqimlari va ularning arxitekturasi, geometrik parametrlari va svetoforlar fazalaridagi oʻzgarishlar jarayonlarini modellashtirish orqali, ularning unumini oshirish boʻyicha batafsil tahlil oʻtkazish rejalashtirilgan. Bularning barchasi chorrahalarning transport vositalarini oʻtkazish qobiliyatini 15% ga oshirish va toʻxtab turish vaqtini 30% ga kamaytirish bilan birga, yoʻlda harakatlanayotgan transportdan ekologik zararni 35% gacha kamaytirishga imkon beradi.

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Davrukov Faxriddin Umarovich:

«Yevropa harakatlanish haftasi Oʻzbekistonda uchinchi marta oʻtkazilmoqda. Shuni alohida takidlashni istardimki, bizning mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi boʻlib bu ajoyib kampaniyaga qoʻshildi. Bu tashabbus Oʻzbekistonning eng yuqori darajada ilgari surilgan milliy siyosatini qoʻllab-quvvatlaydi. Oddiy qadamlarni bajargan holda – piyoda yurish va velosipedni tanlash – biz nafaqat shahrimizni toza va xavfsizroq qilamiz, balki toʻliq nafas olishga ham yordam beramiz. Va eng muhimi: biz va yaqinlarimiz yashaydigan joyga oʻz muhabbatimizni koʻrsatamiz».

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Yevropa harakatlanish haftasi-2021 qator boshqa tadbir va tashabbuslar bilan boyitiladi:

  1. 16 sentabr kuni Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida #Menshahrimnisevaman xeshtegi ostida 7 kunlik viktorina (chellenj) start oladi. Kampaniya mamlakat aholisini salomatlik, harakatlanish va toza muhitni tanlashlari – piyoda yurish, yugurish, avtomashinadan voz kechib, velosiped yoki boshqa ekologik toza transportdan foydalanishga da’vat etmoqdalar. Tadbirda ishtirok etish uchun kaftlaringiz bilan yurak shakli aks ettirilgan storiz va #Men(shaharning nomi)sevaman xeshtegi fotosuratini ijtimoiy tarmoqda chop etish hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasining sahifasini belgilash lozim. Eng faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
  1. Tashkent Runners yugurish ishqivozlari klubi Toshkentdagi kanallar yonida «Harakatchanlik aksiyasi» – plogging (yugurish jarayonida chiqindi yigʻish) dan iborat ikkita aksiyani oʻtkazadi:   

 

      1. 2021 y. 16 sentabr (YeHH-2021 start oladigan kuni) – Anhor daryosi boʻylab;
      2. 2021 y. 21 sentabr – River-park boʻylab.

Yevropa harakatlanish haftasi tashkilotchilari Oʻzbekistonning barcha aholisi va poytaxt mehmonlarini 16-22 sentabr kunlari boʻlajak kampaniyaga qoʻshilish, bir haftalik chellenjda qatnashish, Markaziy parkdagi koʻrgazmaga tashrif buyurish, koʻproq piyoda yurish va ekologik toza transport turlaridan foydalanishni taklif qiladi. Qatnashish tafsilotlari Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining sahifalarida Facebook (@eudeluzb) va Instagram (@eudeluzb) ijtimoiy tarmoqlarida mavjud.

 

Yevropa harakatlanish haftasi toʻgʻrisida:

Yevropa harakatlanish haftasi (YeHH) – bu 16-22 sentabr kunlari butun dunyo boʻylab oʻtkaziladigan bir haftalik ijtimoiy-informatsion kampaniyadir. Yevropa harakatlanish haftasi shaharda barqaror harakatlanish boʻyicha Yevropa komissiyasining (YeK) tashabbusi bilan 2002 yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. YeHH barcha shahar va qishloqlarni aksiyaga qoʻshilib, bir haftani barqaror harakatlanishga bagʻishlashga da’vat etmoqda. Joriy yili YeHH-2021 da dunyo boʻylab 2290 shaharlar (45 mamlakat) ishtirok etadi. Hozirgi vaqtga kelib Yevropa harakatlanish haftasini oʻtkazish uchun jamoat guruhlari maktab va universitetlar, nohukumat tashkilotlari va korxonalar dunyoning 49 mamlakatida 700 dan ortiq tadbirlarni roʻyxatga oldilar. 2021 yilda YeHH global kampaniyasining 20 yillik yubileyni va tadbir Oʻzbekistonda oʻchinchi bor oʻtkazilishini nishonlanmoqda.  

Yevropa harakatlanish haftasi yoʻl harakati ishtirokchilari tomonidan xavfsiz harakatlanish va qoidalarga amal qilishni targʻib qiluvchi Yoʻl harakati xavfsizligi kunlarini (YHХК) oʻtkazish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Yoʻl harakati xavfsizligi kunlarining asosiy gʻoyasi quyidagilardan iborat: agar har bir yoʻl harakati ishtirokchisi oʻz xavfini va boshqa yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfini kamaytirish uchun kichik oʻzgarishlar qiritsa, unda biz birgalikda muhim yaxshilanishlarga erishishimiz mumkin. Pirovard maqsad – har kuni yoʻllarda nobud boʻlayotgan odamlar sonini kamaytirishdir.

Shahar hokimiyatidan tashqari, barcha xohlovchilar – NNT, ijtimoiy sheriklar, tadqiqot/ta’lim muassasalari, mahalliy/milliy hokimiyat organlari, davlat/xususiy kompaniya va muassasalar – mamlakatni global kampaniyada ifodalash uchun https://mobilityweek.eu saytida oʻzlarining «Harakatlanish aksiyasi»ni roʻyxatdan oʻtkazib, YeHH-2021 ga qoʻshilishlari mumkin.

Editorial Sections:

Author