Delegation of the European Union to Uzbekistan

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, elchi Teri Xakalaning O'zbekistonga tashrifi

23/08/2021 - 09:38
News stories

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, elchi Teri Xakala 20-26 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, elchi Teri Xakala 20-26 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Elchi Xakalaning Bosh vazir o'rinbosari Sardor Umurzoqov, Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan. Elchi Xakala Senat Raisi Tanzila Norboyeva va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Mahalliy diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar bilan muloqot qilish ham rejaga kiritilgan.

Elchi Xakala Afg'onistondagi so'nggi voqealarga munosabatda, 21-23 avgust kunlari Termizga borib, chegaradagi vaziyat bilan tanishdi. U Surxondaryo viloyati Hokimi Tura Bobolov bilan uchrashdi va “Afg'oniston fuqarolarini o'qitish markazi”ga, shuningdek, "Termiz yuk markazi" xalqaro logistika markaziga ham tashrif buyurdi.

Elchi Xakala "Barqaror Hayot" direktori bilan ham uchrashdi va mojaro zonalaridan vatanga qaytarilgan ayollar va bolalar bo'yicha Nodavlat Notijorat Tashkilotining faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasi bilan ijobiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga hamda Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarida samarali va ochiq muloqotni davom ettirishga bo'lgan doimiy qiziqishini aks ettiradi.

Elchi Teri Xakala 1-iyuldan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili etib tayinlandi. U ilgari Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligida bir qancha yuqori lavozimlarni egallagan.

Editorial Sections:

Author