Delegation of the European Union to Uzbekistan

Astra Zeneca vaktsinalari 14 avgust kuni O'zbekistonga keldi

16/08/2021 - 09:54
News stories

COVAX orqali Fransiya tomonidan O'zbekistonga berilgan Astra Zeneca vaktsinasining 276 480 dozasi 14 avgust shanba kuni ertalab soat 7:00 da etkazib berildi.

COVAX orqali Fransiya tomonidan O'zbekistonga berilgan Astra Zeneca vaktsinasining 276 480 dozasi 14 avgust shanba kuni ertalab soat 7:00 da etkazib berildi. Bu vaksinalarni etkazib berilishi UNICEF tomonidan tashkil etildi.

Fransiyaning COVAX-ga bergan xayr-ehsonlari Yevropa jamoasining (Team Europe) aholini vaksinalashda birdamligikni ta'minlashga qaratilgan ushbu mexanizm uchun qilingan sa'y-harakatlarining bir qismidir.

Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar qariyb 200 million dozani etkazib berish vazifasini olishdi va bu yildan boshlab kamida 100 million dozalik Yevropa vaktsinalari tarqatiladi. Yevropa Ittifoqi va unga a'zo davlatlar COVAX dasturining ikkinchi yirik homiylari hisoblanadi.

Fransiyaga kelsak, 2,6 milliondan ortiq dozalar allaqachon 17 mamlakatga etkazib berilgan va avgust oyining o'rtalariga kelib, jami 28 davlatga ushbu mexanizm uchun 5,7 milliondan ortiq dozalar beriladi, shu jumladan O'zbekistonga ham. Karbis-Beyda G7 sammiti munosabati bilan, respublika prezidenti janob Emmanuel Makron 2021 yil oxirigacha 60 million vaksina etkazib berishga va'da berdi. Bu xayr-ehsonlar COVAX portfeliga mos va JSST tomonidan tasdiqlangan bir necha turdagi vaktsinalarni o'z ichiga oladi. Fransuz aholisining miqyosida bu katta ahamiyatga ega (yuborilgan 60 million dozani, iyul oyining oxirida Fransiyada 73 million dozalik emlashlar bilan solishtirganda).

Respublika Prezidenti va Yevropa Ittifoqi rasmiylari ta'kidlaganidek, pandemiyaga qarshi samarali kurashish uchun xalqaro birdamlik bo'lishi kerak.

JSST va UNICEF bilan birgalikda Fransiya va Yevropa Ittifoqi O'zbekistondagi emlash kampaniyasiga o'z hissalarini qo'shishdan va mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va birdamlik rishtalarini mustahkamlashdan mamnundirlar.

Editorial Sections:

Author