Delegation of the European Union to Uzbekistan

O‘zbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakilini qabul qildi

19/07/2021 - 12:41
News stories

16 iyol kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrelni qabul qildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-YeI hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Jozep Borrel davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston yetakchisining Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligini mustahkamlash borasidagi global tashabbusi muhim ahamiyatga ega va o‘z vaqtida ilgari surilayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston va YeI sherikligi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo inson kapitali va demokratik yangilanishlar, biznes, investitsiya va innovatsiyalarni ilgari surish, “yashil” taraqqiyot, ekologiya, madaniy almashinuv va boshqa yo‘nalishlarda yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetayotgani ma’lum qilindi.

Xalqaro kun tartibi yuzasidan ham batafsil fikr almashildi. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Editorial Sections:

Author