“IMKONIYATLARNI KENGAYTIRISH”

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha “Yuksalish” umummilliy harakati, “ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi”, “Ayollar birlashgan kelajak uchun” xalqaro jamg‘armasi (WECF) tomonidan 2023 - 2025 yillar davomida amalga oshiriladi.

 

13 mart 2023 yil, Toshkent, Ozbekiston. “Imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha “Yuksalish” umummilliy harakati, “ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi”, “Ayollar birlashgan kelajak uchun” xalqaro jamg‘armasi (WECF) tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati: 2023-2025 yillar.

Empowerment Now Project

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender tengligi “taqiqlangan mavzular” ro‘yxatidan chiqarildi. 2019 yilda ushbu yo'nalishda sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Aynan o‘sha yili Gender tengligini ta’minlash komissiyasi tuzildi, ikkita asosiy qonun – “Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Ayollarni ta’qib va ​​zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar kuchga kirdi.

Mamlakatimizda tarkibiy va institutsional o‘zgarishlar davom etmoqda, gender tengligi sohasidagi qonunchilik takomillashtirilmoqda, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va mavqei oshirilmoqda.

Launch event - Empowerment now!

Shu tariqa, siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi 33 foizga yetdi. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat Senatini ayol boshqaradi. 2021-yilda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Parlamentdagi xotin-qizlar soni 32 foizga yetdi (deyarli ikki baravarga o‘sdi). Bu ko‘rsatkich O’zbekistonning 190 ta davlat orasida 37-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.

Bundan tashqari, oiladagi zo‘ravonlikni jinoiylashtirish borasida muhim qadam qo‘yildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 23 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisda tegishli qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilib, hujjatni tasdiqlash uchun Senatga yubordi. Shunday qilib, O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi. Shuningdek, iqtisodiy va psixologik zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgan.

“Imkoniyatlarni kengaytirish” loyihasi xotin-qizlarga nisbatan kamsitish va ayniqsa ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati, xotin-qizlar tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish orqali global va milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM 5+) amalga oshirishga hissa qo‘shadi.

Loyihaning maqsadi: gender siyosatini rivojlantirish boʻyicha konstruktiv muloqotni rivojlantirish, Oʻzbekistonda ayollarning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash orqali qarorlar qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish va inklyuzivlikni oshirishni kengaytirish.

Loyihaning pilot hududlari Toshkent shahri, Farg‘ona, Qashqadaryo, Navoiy, Xorazm va Jizzax viloyatlaridir.

Bu yerda xotin-qizlar boshchiligidagi nodavlat notijorat tashkilotlari, mahallalar yetakchilari va jamoat faollarining salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha maqsadli ishlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda ayollar huquqlarini targʻib qilish boʻyicha ommaviy kampaniyalar uchun kichik grantlar ajratish yoʻli bilan ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari va ayollar boshchiligidagi tashkilotlarning tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi. Loyiha doirasida Ayollar huquqlari boʻyicha ta’lim beruvchi maktab, ayollar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish boʻyicha treninglar va onlayn kurslar oʻtkazish, buning natijasida fuqarolik jamiyati vakillari va ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari ekspertlari bilan birgalikda BRM +5  muqobil hisobotini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.