“Ilhom” teatri Yevropa Ittifoqi ko‘magida “Men yashaydigan tana” ko‘rgazmasini ochdi

12 sentyabr 2025 yil — “Ilhom” teatri o‘zining 50 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Men yashaydigan tana” nomli ko‘rgazmani ochdi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha “Ilhom”ni his qiladigan, o‘zgaradigan va xotirani saqlaydigan jonli va nafis san’at makoni sifatida namoyon etadi.

«Yevropa Ittifoqi ushbu loyihaning moliyaviy hamkori bo‘layotganidan faxrlanadi. Biz uchun madaniyat — bu nafaqat boylik, balki xalqlar va jamiyatlar o‘rtasidagi muhim ko‘prikdir. Shu boisdan biz so‘nggi yillarda “Ilhom” teatrini qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz va uning san’atkorlari hamda tomoshabinlari bilan yelkama-yelka turibmiz», — dedi Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi. 

So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi “Ilhom” teatrining quyidagi tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatladi: — Underground Girls (2022) — shved jurnalisti Jenni Nordbergning kitobi hamda 2021 yil avgustidan so‘ng Afg‘onistonda qolgan va boshpana topgan ayollar bilan suhbatlar asosida sahnalashtirilgan asar; — Art Space san’at maydonining qayta tiklanishi (2023); — hamda Ka Mate Ka Ora (2024) — bugungi yoshlarning muammolarini yorituvchi spektakl. Har bir loyiha teatrga yangi energiya va yangi tomoshabinlarni olib keldi.

Ko‘rgazma 2025 yil 12 sentyabrdan 27 oktyabrgacha “Ilhom” teatrida bepul namoyish etiladi.

 Keling va “Ilhom”ning jonli xotirasini o‘zingiz his eting!