Delegation of the European Union to Uganda

Elchi Sharlotta Adrian O'zbekiston Tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

05/03/2021 - 12:37
News stories

2021-yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan, Elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi. Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

2021-yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan, Elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi. Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Vazir Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini ijobiy baholadilar.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi, “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali, kun tartibi va tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

2021-yil mart oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga “GSP+” maqomi berilishiga umid bildirildi, bu esa O‘zbekiston va YI mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yordam beradi.

YI bilan ta’lim sohasida, xususan, yangi “Erasmus” dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Editorial Sections: