Delegation of the European Union to Uganda

YI-UNESCO Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sektorini qoʻllab-quvvatlash dasturi boʻyicha dastlabki xulosalarni chiqarishdi

18/01/2021 - 09:13
News stories

Toshkent, 11-yanvar 2021 – Bugun, 11-yanvar kuni butun mamlakatdan boʻlgan milliy ekspertlar ishtirokida “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan ikki kunlik milliy seminar boshlandi. Seminar Yevropa Ittifoqi, taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO), Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Toshkent, 11-yanvar 2021 – Bugun, 11-yanvar kuni butun mamlakatdan boʻlgan milliy ekspertlar ishtirokida “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan ikki kunlik milliy seminar boshlandi. Seminar Yevropa Ittifoqi, taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNESCO), Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilning iyul oyida Yevropa Ittifoqi (EC) 2020-yildan 2024-yilga qadar UNESCO tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi uchun 9,6 mln yevro mablagʻ ajratgan. Loyiha qishloq xoʻjaligi va Oʻzbekistonning tanlangan toʻrtta hududidagi (Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari) irrigatsiyada koʻnikmalarni rivojlantirish tizimining samaradorligi, aktualligi va sifatini oshirishga turtki boʻladi. Qayd etib oʻtish joiz, ushbu tashabbus 2019-yilning 20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (UZAIFSA) tomonidan ishga tushirilgan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi modernizatsiyasi loyihasi bilan tasdiqlangan.

Yuqorida aytib oʻtilgan loyiha doirasida UNESCO yangi tashabbus va yondashuvlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va aprobatsiya qilishda yordam beradi, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi va irrigatsiyasi sektoridagi instruktor va oʻqituvchilarni tayyorlashda ham. Taqdim etilgan yordam yuqori texnologiyali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatida barcha ishlarni oʻz ichiga oladigan uslublar koʻlamini, shuningdek, butun mamlakat boʻylab innovatsion yondashuvni kengaytirishga turtki boʻlishi kutilmoqda.

Seminardan maqsad qishloq xoʻjaligi taʼlimi sohasidagi oxirgi natijalar va prezident farmonlari bilan nazarda tutilgan oʻqitish, talab bahosi hamda qishloq xoʻjaligida koʻnikmalarni rivojlantirish holatini va Oʻzbekistonning tanlangan toʻrtta viloyatlari irrigatsiyasini tahlil qilishning dastlabki natijalarini taqdim etish va muhokama qilish hamda loyiha boshlanuvi haqidagi hisobotning dastlabki tuzilishining demonstratsiyasi hisoblanadi.

COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq cheklovlarga rioya qilish va uning tarqalishining oldini olish maqsadida, seminar onlayn-platformadan foydalanilgan hoʻlda oʻtkazilmoqda va ishtirokchilar orasida UNESCOʻning shtab-kavrtirasi, UNESCOʻning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, qiziqish bildirgan vazirliklar, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar, universitetlar va OAV vakillari hamda rivojlanish boʻyicha hamkorlar mavjud.

Yevropa Ittifoqining hamkorlik boʻlimi rahbari Fransua Bejo va UNESCOʻning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Hladik seminar boshida soʻzga chiqar ekan, Oʻzbekiston aholisining farovonligini oshirish va qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish uchun loyihaning muhimligini taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbirning birinchi kunida UNESCO ekspertlari talab bahosi hamda qishloq xoʻjaligida koʻnikmalarni rivojlantirish holatining dastlabki natijalarini taqdim etishdi, shuningdek, konstruktiv va samarali milliy muloqot uchun asos yaratdilar. Ishtirokchilar yaqinda yakunlangan vazifalardan olingan bir nechta qiziqarli maʼlumot va raqamlar yordamida ekspertlar bilan faol ravishda savol-javob almashdilar. Xususan, global iqlim oʻzgarishi, aholi sonining oʻsishi va Oʻzbekiston iqtisodiyoti sohasining rivojlanishi ularning suvga boʻlgan talabining har yili oʻsib borishiga sabab boʻlmoqda va buning natijasida suv resurslarining tanqisligi yildan-yilga oshib boryapti. Soʻnggi 15 yil ichida jon boshiga toʻgʻri keladigan suv miqdori 3048 kubometrdan 1589 kubometrgacha kamaydi. Ushbu va boshqa ishlarni hal qilish uchun respublika muhim qadamlarni qoʻymoqda, ularni samarali amalga oshirish uchun esa suv resurslarini boshqarish boʻyicha koʻnikmalarni rivojlantirish zarur. Bu oʻz navbatida, qishloq va suv resurslarini boshqarish sohasida malaka oshirish tizimini yana-da takomillashtirishni talab qiladi.

Ikkinchi kuni ishtirokchilar Oʻzbekistondagi Milliy malaka doirasi, shuningdek, milliy siyosiy va huquqiy oʻzgarishlar va ularning loyiha faoliyati va maqsadlari bilan qanday bogʻliqligi sinopsisini olishadi. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, seminar tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun asosiy hujjatlardan biri boʻlgan loyihani boshlash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilishi boʻyicha muhokama va kelishuv bilan yakunlanadi.

Loyiha haqida

“Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi ishga joylashish imkoniyatini yaxshilash hisobiga, qishloq hududlardagi hayot darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan. Aniq maqsad Oʻzbekistondagi ayollar va erkaklarni barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʻjaligi uchun tegishli koʻnikmalar bilan taʼminlashdir. Kutilayotgan natijalari: 1) “POP” sohasidagi siyosatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va boshqaruv mexanizmlari modernizatsiyasi, evolyutsiyaga moslashtirilgan va mustahkamlangan qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya sektori; 2) Mehnat bozori va qishloq xoʻjaligi sohasida oʻqiyotgan va ishlayotgan ayol va erkaklar ehtiyojlarini qondirish uchun, “POP” mutaxassisliklari va metodikasini modernizatsiya qilish; 3) Zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va oʻqitish usullaridan foydalanishga qodir boʻlgan malakali menejment va oʻqituvchilar tarkibiga ega samarali “POP” kollejlari.

Editorial Sections: