Delegation of the European Union to Nicaragua

"O'zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko'nikmalarni rivojlantirish" loyihasi amaliy ijrosiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi

15/07/2021 - 07:55
News stories

Ташкент, 13 июля 2021 г. – Встреча, посвященная запуску этапа реализации проекта «Развитие навыков для трудоустройства в сельских регионах Узбекистана» была проведена в смешанном формате, очно в отеле Ташкент Рэдиссон Блу и в онлайн-формате. Основные цели встречи: (i) представить и обсудить со всеми национальными партнерами проекта технические детали запланированных мероприятий по реализации проекта на 2021 год; (ii) инициировать функцию технических рабочих групп по осуществлению деятельности; (iii) получить рекомендации экспертов по деятельности проекта, в частности, в связи с аналогичными проектными инициативами и деятельностями.

Toshkent, 2021 yil 13 iyul - "O'zbekiston qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko'nikmalarni rivojlantirish" loyihasini amaliy ijrosiga bag’ishlangan yig'ilishi Toshkent Radisson Blu mehmonxonasida hamda onlayn formatda bo'lib o'tdi. Uchrashuvning asosiy maqsadlari - (i) 2021 yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlarning texnik tafsilotlarini taqdim etish va loyihaning manfaatdor tomonlari bilan muhokama qilish; (ii) texnik ishchi guruhlari vazifalarini ishlab chiqish, va (iii) loyiha faoliyati va parallel tashabbuslar bo'yicha mutaxassislarning maslahatlarini to'plash.

Uchrashuvda O'zbekiston hukumati rasmiylari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi, Bandlik va Mehnat Munosabatlari Vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi vakillari, Olmaotadagi YUNESKO Klaster Byurosi Direktori va Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondagi Vakili, YUNESKOning O'zbekiston Respublikasidagi Milliy komissiyasi, loyihaning manfaatdor tomonlari, akademik olimlar va boshqa xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari Janob Komiljon Karimov o'zining kirish nutqida shunday dedi: “O'zbekiston Hukumati barcha darajadagi ta'limga, xususan, kasb-hunar ta'limiga katta e'tibor qaratmoqda. Zarur ko'nikmalarga ega qiz va o'g'il bolalarni bandligini ta'minlanishi orqali qishloq joylarda hayot darajasini yanada oshirish, hamda barqaror va zamonaviylashtirilgan qishloq xo'jaligini rivojlantirishda usbu ta’lim turi yordam beradi".

Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasining hamkorlik bo’limi rahbari, janob Fransua Bejo: "O'ylaymizki, yangi loyiha zamonaviylashtirilgan qishloq xo'jaligi sohasi talablariga mos keladigan kasb-hunar ta'limi va o'qitish tizimining sifati va samaradorligini oshiradi va O'zbekiston tomonidan yaqinda boshlangan ta'lim tizimini mustahkamlashdagi islohotlarga hissa qo'shadi".

YUNESKOning Olmaota shahridagi Klaster Byurosi direktori va Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondagi vakili, hamda YUNESKOning Toshkentdagi Vakolatxonasi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Krista Pikkat xonim shunday deydi: "Yevropa Ittifoqi va YUNESKOning sherikligida amalga oshirilayotgan loyiha O'zbekistonning to'rtta tanlangan mintaqalarida: Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Surxondaryoda 2020-2024 yillarda amalga oshiriladi va O'zbekistondagi texnik va kasb-hunar ta'limi tizimini (OTK) modernizatsiya qilish bo'yicha so'nggi islohotlarga va mamlakatning Ta'lim, Gender tengligi, Iqtisodiy o'sish va ish bilan ta'minlash bilan bog'liq Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishga qaratilgan sa'y-harakatlariga hissa qo'shadi”.

Mazkur uchrashuv shu bilan birga Butunjahon Yoshlar Mahorati Kuniga bag'ishlangan. 2014 yilda Birlashgan Millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasi 15 iyulni Jahon yoshlar mahorati kuni deb e'lon qilib, yoshlarni ish bilan ta'minlash, munosib mehnat va tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirishning strategik ahamiyatiga urg’u berish uchun nishonlaydi. YUNESKO va Yevropa Ittifoqi O’zbekistondagi malaka oshirish, iqtisodiy o'sish va yoshlarning mehnatga oid kasbiy layoqatlarini takomillashtirishga qaratilgan milliy ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha islohotlarni qo’llab quvvatlamoqda.

Editorial Sections:

Author