Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda barqaror energiyani rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihasi

Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha Global darvoza” Samarqand konferensiyasiga bagʻishlangan davra suhbatida Yevropa Ittifoqi oʻzining “Markaziy Osiyoda barqaror energiya bogʻliqligi” (SECCA) yangi loyihasini ishga tushirdi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan energetika boʻyicha milliy idoralar va ekspertlar hamda Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etishdi.

Umumiy byudjeti 6,8 million yevro boʻlgan SECCA loyihasi Yevropa Ittifoqining ilgʻor amaliyotlariga muvofiq holda Markaziy Osiyoda yanada barqaror energiya balansini ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Xususan, loyiha barqaror energetika tizimiga oʻtish boʻyicha milliy siyosatni kuchaytirish, mintaqada qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligi boʻyicha investitsiyalar, salohiyat va xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Soʻnggi oʻzgarishlar Markaziy Osiyoda istiqbolli barqaror energiya bogʻliqligining ijobiy belgilaridan dalolat beradi. Mintaqada iqtisodiy oʻsish va aholi sonining ortishi natijasida elektr energiyasiga boʻlgan talab ham ortishi kutilmoqda. Ushbu talabni qondirish uchun katta investitsiyalar, bozor islohotlari va salohiyatni rivojlantirish talab etiladi.

EU-funded SECCA project launch

Davra suhbati ishtirokchilariga murojaat qilib, INTPA Bosh direktori oʻrinbosari Maryeta Jager xonim shunday dedi:

“Ushbu loyiha Yevropa Yashil Bitimi va yangi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasiga asoslanadi. Ikkinchisi, xususan, mintaqaning energiya barqarorligini mustahkamlashga hissa qoʻshish, uning iqlim boʻyicha maqsadlariga erishish, ish oʻrinlari va biznes imkoniyatlarini yaratish uchun quyosh, shamol va gidroelektr energiyasi boʻyicha mintaqaning salohiyatini oshirish kabi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyadi. Hozirgi vaqtda mintaqaning muhim barqaror energiya salohiyatidan koʻplab institutsional, moliyaviy, texnik va ijtimoiy toʻsiqlar tufayli toʻliq foydalanilmayapti. SECCA loyihasi ushbu toʻsiqlarni bartaraf etish va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish va mintaqada energiya samaradorligini oshirishda katalizator boʻlib xizmat qiladi.”

Bundan tashqari, SECCA loyihasi energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya boʻyicha gender inklyuziv siyosati va qonunchiligini qoʻllab-quvvatlash hamda ayollarning sektordagi rolini ragʻbatlantirish orqali genderni asosiy yoʻnalishga aylantiradi.

Launch of the EU-funded project launch

Davra suhbatida loyiha ekspertlari SECCA maqsadlari, rejalashtirilgan tadbirlar va kutilayotgan natijalarni taqdim etdilar. Ishtirokchilar barqaror energetika sektoridagi hozirgi holat va muammolar hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildilar.

Malumot uchun: Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda barqaror energiya bogʻliqligi (SECCA)” (2022-2026) loyihasi Yevropa Ittifoqining ilgʻor tajribalariga muvofiq Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror energiya birikmasini rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha faoliyati energiya samaradorligi (ES) va qayta tiklanadigan energiya (QTE) boʻyicha salohiyatni rivojlantirish, ES va QTE boʻyicha xabardorlikni oshirish va ES va QTE loyihalari uchun investitsiya muhitini yaxshilashni oʻz ichiga oladi. Ushbu loyiha orqali Yevropa Ittifoqi iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarni samarali hal qilishda qoʻshimcha yordam beradi. SECCA Yevropa Ittifoqining atrof-muhit, biologik xilma-xillik, iqlim oʻzgarishi, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, suv va barqaror energiya boʻyicha 15 ta mintaqaviy tashabbuslarini hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan 20 ta ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini oʻz ichiga oladi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun SECCA aloqa boʻyicha katta eksperti, Yelena Serebrennikova e-mail: media@secca.eu, mobile/WhatsApp +77019814020, SECCA raqamli aloqa eksperti, Nurgul Smagulova-Dulich e-mail: nurgul.smagulova@secca.eu, WhatsApp: +77012066760 yoki Yevropa Ittifoqining Qozogʻistondagi delegatsiyasi: delegation-kazakhstan-pic@eeas.europa.eu va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi delegation-uzbekistan@eeas.europa.eu bilan bogʻlaning

www.eeas.europa.eu/secca